2025 yil 1 iyuldan 15 ta tuman (şahar)larda, 2026 yil 1 yanvardan Samarqand viloyatida tajriba-sinov tariqasida soğliqni saqlaş tizimini taşkil etişning yangi modelini (Tajriba-sinov loyihasi) joriy etiş doirasida soğliqni saqlaş tizimini takomillaştirişning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

🔹 birlamçi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tubdan qayta körib çiqiş orqali oilaviy poliklinikalarda körsatiladigan tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş;
🔹 tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oşiriş, ular mehnatiga munosib haq tölaş tizimini joriy qiliş.

Tajriba-sinov loyihasini amalga oşiriş maqsadida tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalari negizida tuman (şahar) soğliqni saqlaş bölimlari taşkil etiladi. 

Quyidagilar tuman (şahar) soğliqni saqlaş bölimlarining asosiy vazifalari etib belgilandi, jumladan:

🔸 köp tarmoqli markaziy poliklinikalarni markaziy şifoxonalarning maslahat-diagnostika bölinmalariga aylantiriş;
🔸 tibbiyot xodimlari faoliyatini tasdiqlangan mehnat samaradorligi körsatkiçlari böyiça nazorat qiliş hamda natijalar asosida ularni rağbatlantiriş.