Eron va AQŞ vakillari yadroviy dastur böyiça muzokaralarning beşinçi raundini boşladi, deb xabar beradi ISNA agentligi.
«Taşqi işlar vaziri Abbos Arakçi juma kuni ertalab Eron va AQŞ örtasidagi bilvosita muzokaralarning beşinçi raundida iştirok etiş uçun rasmiy delegatsiya bilan Italiyaga jönab ketdi va kunduzi şaharga yetib bordi», — deyiladi xabarda.
Eron delegatsiyasiga Abbos Arakçi, AQŞ tomoniga esa prezident Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff boşçilik qilmoqda. Eron TIV vakili muzokaralar boşlanişidan oldin Tehron uçraşuvda sanksiyalar va yadroviy dastur böyiça AQŞ pozitsiyasiga oid masalalarni kötarişini ma’lum qilgandi.
11 may kuni Ömonda ikki mamlakat örtasidagi bilvosita muzokaralarning törtinçi raundi bölib ötdi. Eron TIV uni «murakkab, ammo bir-birini tuşuniş uçun foydali» deb atadi. OAVning yozişiça, Tehron Vaşingtonga uranni boyitiş böyiça mintaqaviy konsorsium tuziş ğoyasini taqdim etgan — uning tarkibidan nafaqat Eron, balki Saudiya Arabistoni va BAA ham örin oladi. 13 may kuni AQŞ muzokaralar davom etayotganiga qaramay, Tehronga qarşi yangi sanksiyalar joriy etdi. NBC Eron çeklovlar bekor qilinişi evaziga yadroviy bitim böyiça AQŞ şartlariga rozi bölişga tayyorligini ma’lum qildi.









