Katta yettilik guruhi davlatlari yetakçilarining iyun oyidagi sammitidan oldin, moliya vazirlari va markaziy bank raislari Kanadaning Banf şahrida uçraşdi.

Unda guruh a’zolari AQŞ prezidenti Donald Trampning boj siyosati böyiça kelişmovçiliklarni yumşatişga va forum dolzarbligini saqlab qolişga harakat qildi, deya xabar bermoqda Reuters.

Ammo forumning ertasiga, Tramp 1 iyundan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 50 foizlik boj joriy qilişni xohlayotganini ma’lum qildi.

“G6+1” takrorlanişiga yöl qöyilmadi

G7 moliya vazirlari Banf şahrida ötgan muzokaralarga ijobiy tus berişga harakat qilib, jamoatçilik qarşisida asosiy e’tiborni bojlar bilan boğliq bölmagan masalalarga qaratdi. Bayonotlarda Ukrainaga yordam, Xitoyning iqtisodiy siyosati, moliyaviy jinoyatlar va giyohvandlik moddalari aylanmasiga qarşi kuraş haqida söz boradi.

“Bugun juda samarali kun böldi”, – dedi AQŞ moliya vaziri Skott Bessent jurnalistlarga, G7 moliya vazirlari va markaziy bank rahbarlari bilan birgalikda toğ tepasidagi keçki ovqatga yöl olayotgan paytda.

Sammit iştirokçilari 2018 yilda Kanadada bölib ötgan, Trampning pölat va alyuminiyga solgan bojlari tufayli umumiy bayonot qabul qilinmagan, şu sabab “G6+1” deb atalgan G7 moliya rahbarlari uçraşuvi takrorlanişidan qoçişga intilişdi.

Öşanda Kanada, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Britaniya va Italiya Trampning boj siyosatidan “bir ovozdan xavotir va umidsizlik” bildirgan edi.

Bu safar esa Trampning boj siyosati yanada kengroq miqyosda ekaniga qaramay, qolgan davlatlarda Bescent bilan kelişuvga erişişga intiliş yuqoriroq böldi.

“Kayfiyatda sezilarli ijobiy özgariş böldi. Biz ittifoqçilar sifatida oçiq va samimiy suhbat qildik”, – dedi AQŞ va Fransiya moliya vazirlarining uçraşuvidan keyin fransuz tomonining rasmiy vakili.

Sammit iştirokçilarining barçasi qöşma bayonotga imzo çekişdi. Unda “savdo” sözi faqat bir marta işlatilgan, “tarif” sözi esa umuman uçramaydi.