AQŞ sobiq prezidenti Jo Bayden prostata bezi saratoniga çalingani e’lon qilinganidan beri birinçi marta ommaviy tadbirda iştirok etdi, deb xabar beradi NBC News.

Qayd etilişiça, Bayden 23 may kuni nabirasi Robert Hanter Baydenning Solsberi şahrida bölib ötgan bitiruv keçasiga taşrif buyurgan. Tadbirda olingan suratni Baydenning rafiqasi Jill va uning qizi Eşli Instagram sahifalariga joylagan. «Tabriklaymiz, Hanter — biz sen bilan faxrlanamiz», — deb yozadi Jill Bayden.

18 may kuni Jo Bayden vakillari AQŞning sobiq prezidentiga prostata bezi saratoni taşxisi qöyilganini ma’lum qildi. Şifokorlar sözlariga köra, kasallik Baydenning allaqaçon suyaklariga ötib ketgan va bu kasallikning eng xavfli bosqiçi, uni davolab bölmaydi. Şu bilan birga, onkologiya sohasidagi yetakçi mutaxassislar zamonaviy tibbiyot bunday taşxis qöyilgan bemorlarga yaqinda bölgani kabi oylar emas, balki yillar davomida yaşaşga imkon berişini ta’kidladi.

Uşbu xabarlar tarqalgaç, Bayden özini va oilasini qöllab-quvvatlayotganlarga minnatdorçilik bildirdi. «Saraton barçamizga ta’sir qiladi. Köpçiligingiz kabi Jill va men ham qiyin bölgan vaziyatda eng kuçli ekanimizni bilib oldim. Bizga muhabbat va qöllab-quvvatlaş bilan dalda berayotganingiz uçun taşakkur», deb yozdi Bayden ijtimoiy tarmoqda.