“Majburiy raqamli markirovkalaş tizimi samaradorligini oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi. 

Raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinişini nazorat qiliş böyiça hududlararo soliq inspeksiyasi taşkil etiladi.

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasining barça bosqiçlarida tizimli nazoratni ta’minlaş inspeksiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. 

2025 yil 1 sentabrdan:

  • xavfni tahlil qiliş tizimida majburiy raqamli markirovkalaş qoidalarini buziş holatlari soliq xavfi darajasini yuqori deb baholaş uçun asos böladi;
  • majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni realizatsiya qilişda markirovka kodi biriktirilmagan elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylaştirişga yöl qöyilmaydi;
  • majburiy raqamli markirovkalanadigan mahsulotlarni çakana realizatsiya qilişda:
  • markirovka kodi kiritilgandan söng onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa çeki şakllantiriladi;

avval foydalanilgan markirovka kodlari kiritilganda onlayn nazorat-kassa texnikasining kassa çekini şakllantirişga yöl qöyilmaydi.