Sirdaryoda quduqqa tuşgan 3 kişi gazdan zaharlanib vafot etdi, birjaga çiqariladigan oltin hajmi oşiriladigan böldi, Italiya boş vaziri Özbekistonga keladi — ötgan kun davomida Kun.uzʼda yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Sirdaryoda 3 kişi quduqdagi gazdan zaharlanib vafot etdi
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida uç kişi quduqdagi gazdan zaharlanib vafot etdi.
Boş prokuratura taqdim etgan ma’lumotlarga köra, holat 22 may kuni sodir bölgan. Tumanning Döstlik mahallasida yaşovçi 67 yoşli fuqaro tozalaş maqsadida xonadonidagi sizot suvlarini saqlovçi 5 metrlik quduqqa tuşgan. Ammo u quduqda hosil bölgan zaharli gazdan nafas olişi oqibatida vafot etgan.
Söngra uni qutqariş maqsadida quduqqa tuşgan 39 yoşli öğli va 46 yoşli qöşnisi ham gazdan zaharlanib halok bölgan. Ularni qutqariş uçun tuşgan yana ikki kişi esa zaharli gazdan nafas olişi oqibatida soğligi yomonlaşib, huşini yöqotgan.
Sayxunobod tuman FVB xodimlari tomonidan körsatilgan yordam sababli ota, öğil va qöşnining murdalari hamda zaharli gazdan huşini yöqotgan ikki fuqaro quduqdan olib çiqilgan. Körsatilgan tibbiy yordam tufayli ularning hayoti saqlab qolingan va tuman tibbiyot birlaşmasiga joylaştirilgan.
Holat yuzasidan Sayxunobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Yakka tadbirkorlarga tilla buyumlari bilan savdo qilişga ruxsat beriladi
Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida mahalliy sanoatni rivojlantiriş böyiça kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi.
Yiğilişda xorijiy tajriba asosida Yakkasaroy tumani, Andijon va Xivada işlab çiqaruvçilarga ham, investorlarga ham jozibador zargarlik markazlari oçilişi ma’lum qilindi.
«Hamma eşitib olsin. Zargarlarning xomaşyo bilan boğliq birorta muammosi bölmasligi kerak», — dedi prezident.
Şu maqsadda bu yil birjaga çiqariladigan oltin hajmi 6 tonnadan 8 tonnaga oşiriladi.
Şu bilan birga, mamlakatda yiliga 100 tonnadan ziyod oltin qazib olinayotgani bilan imkoniyatlarning öndan biri ham işga solinmayotgani qayd etildi.
Prezident sohada «xufiyona» iqtisodiyot uluşi yuqori ekanini körsatib ötdi. Ta’kidlanişiça, yiliga 550-600 million dollarlik buyumlar norasmiy tilla bozorlarida aylanmoqda. Yoki mustaqil izlovçilar 2020 yilda 40 kilogramm oltin topşirgan bölsa, ötgan yili bu 100 karra kamaygan.
Yiğilişda sohani «soya»dan çiqariş uçun yakka tadbirkorlarga ham tilla buyumlari bilan savdo qilişga ruxsat beriş, zargarlikda milliy brend yaratiş uçun xorijdan dizayner, texnolog, qimmatbaho toşlar bilan işlaydigan gemmologlarni olib keliş xarajatining bir qismini qoplaş böyiça takliflar bildirildi.
Davlat rahbari uşbu takliflarni ma’qulladi.
Şuningdek, yiğilişda milliy brendlarni köpaytiriş, mavjudlarini xalqaro darajaga olib çiqiş böyiça ham yangi tizim joriy qilinişi belgilandi. Şu maqsadda Milliy brendlarni qöllab-quvvatlaş kompaniyasi taşkil qilinadigan böldi.
Italiya boş vaziri Özbekistonga keladi
Italiya boş vaziri Jorja Meloni 28-29 may kunlari Özbekistonga taşrif buyuradi. Italiya hukumati saytiga köra, uçraşuvlar Samarqand şahrida bölib ötadi.
Jorja Melonining Özbekistonga taşrifi 25-26 aprel kunlariga rejalaştirilgan edi. U dastlab Özbekistonda, söng Qozoğistonda bölişi, ikki davlatga rasmiy safardan taşqari Italiya–Markaziy Osiyo sammitida qatnaşişi kerak edi. Biroq Rim papasining vafoti sabab uning taşrifi keçiktirilgandi.
Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 2023 yilning iyun oyida Italiyaga safari doirasida prezident Serjio Mattarella, boş vazir Jorja Meloni bilan uçraşib, muzokara ötkazgandi. Öşa taşrif doirasida Özbekiston va Italiya rasman strategik şeriklarga aylangan.
2023 yilning noyabr oyida esa Italiya prezidenti javob taşrifi bilan Özbekistonga kelgan edi.
Hududlararo soliq inspeksiyasi taşkil etiladi
«Majburiy raqamli markirovkalaş tizimi samaradorligini oşirişga qaratilgan qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi prezident qaroriga muvofiq, raqamli markirovka qoidalariga rioya qilinişini nazorat qiliş böyiça hududlararo soliq inspeksiyasi taşkil etiladi.
Raqamli markirovkalangan mahsulotlar aylanmasining barça bosqiçlarida tizimli nazoratni ta’minlaş inspeksiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Şuningdek, qarorga köra, 2026 yil 1 yanvardan majburiy raqamli markirovkalaş qoidalarini buziş holatlarini soliq organlarining axborot tizimi orqali aniqlaş böyiça masofaviy soliq tekşiruvini ötkaziş tartibi joriy etiladi.











