AQŞ prezidentining Yaqin Şarq böyiça vakili Stiv Uitkoff avvalroq internetda paydo bölgan va HAMAS Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça uning taklifini qabul qilgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Bu haqda Axios muxbiri Barak Ravid ma’lumot berdi.

«HAMAS qilayotgan işlar umidsizlikka soladi va mutlaqo qabul qilib bölmaydi», deb yozdi muxbir Uitkoff sözlariga tayanib.

Avvalroq, Reuters agentligi Falastinning HAMAS guruhi AQŞ maxsus vakilining Isroil va Falastin harakati örtasida öt oçişni töxtatiş rejasini qabul qilgani haqida xabar bergan edi. Stiv Uitkoffning rejasi 70 kunlik sulh va falastinlik mahbuslarni ozod qiliş evaziga garovdagi 10 nafar isroillikni ozod qilişni nazarda tutadi. Mahbuslarni ozod qilişning birinçi bosqiçi öt oçişni töxtatişning birinçi kunida, ikkinçisi yettinçi kuni bölib ötişi kerak.

17 may kuni Dohada HAMAS va Isroil örtasida Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş böyiça yangi muzokaralar boşlandi, biroq manbalarga köra, muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolgan. 21 may kuni Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu idorasi Isroil Stiv Uitkoffning taklifiga rozi bölganini ma’lum qildi.