AQŞ Ukrainadan öt oçişni töxtatiş böyiça öz şartlari batafsil keltirilgan hujjatni qabul qilib oldi. Bu haqda Trampning maxsus vakili Kit Kellog Fox News efirida ma’lum qildi.

Kellog Ukraina taqdim etgan röyxatdan aynan qanday bandlar mavjudligiga oydinlik kiritmagan.

AQŞ prezidentining maxsus vakili sözlariga köra, yaqin kunlarda Vaşington Rossiyadan ham şunday röyxat olişni kutmoqda.

Kit Kellogning aytişiça, Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralarning yangi raundi Jyenevada ötkazilişi mumkin. Oldinroq RF taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Moskva uçun Turkiya varianti afzalroq ekanini ma’lum qilgandi.

Rossiya va Ukraina Istanbuldagi muzokaralarda öt oçişni töxtatiş böyiça har ikki tomonning talablari keltirilgan hujjatni almaşişga kelişib olgandi. Muzokaralar şundan keyin davom etadi.

Lavrov ham Rossiya tomoni röyxat ustidagi işlarni yakunlayotgani va mahbuslar almaşinuvidan söng uni Ukrainaga taqdim etişga tayyor bölişini aytgan edi. Mahbuslar almaşinuvi esa 25 may kuni yakunlandi.

Rossiya yana bir hujjat — «bölajak tinçlik şartnomasi töğrisidagi memorandum»ni ham tayyorlamoqda. U tinçlik şartlari böyiça röyxatdan nimasi bilan farq qilişi hozirça ma’lum emas. Kremlning qayd etişiça, şartlar röyxati va memorandum — ikki xil hujjat.