«Ijodkor yoşlarni qöllab-quvvatlaş va rağbatlantirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, madaniyat va san’at sohasida iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida quyidagilar yölga qöyiladi:

- ijodkor yoşlar faoliyatini muvofiqlaştiruvçi yagona platforma joriy etiladi hamda «ERP madaniyat» yagona boşqaruv tizimiga integratsiya qilinadi;

- madaniyat sohasida sun’iy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş böyiça «Ijodiy texnolaboratoriya» taşkil etiladi;

- umumiy örta va örta maxsus ta’lim taşkilotlarida «Ijodkor yoşlar klubi» faoliyati yölga qöyiladi;

- «Madaniyat volontyorlari» ijtimoiy harakati faoliyati yölga qöyiladi.

Şuningdek, har yili jahonning kamida 4 nafar yetakçi mutaxassisi va taniqli san’atkori öquv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoşlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almaşiş uçun yuboriladi.

Madaniyat va san’at yönalişidagi «Start-Up» loyihalari uçun BHM 100 baravarigaça miqdorida ijodiy grantlar ajratiladi.

2026 yildan Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar-reja asosida yoşlar uçun tanlov va festivallar taşkil etiladi.