20-21 may kunlari Vengriya poytaxti Budapeştda Turkiy Davlatlar Taşkilotining (TDT) norasmiy sammiti bölib ötdi. Xöş, Yevropaning qoq örtasidagi ölka nega turkiy dunyoning ajralmas qismi hisoblanadi? Sammit yakuni böyiça qabul qilingan 71 ta banddan iborat deklaratsiyada nimalar haqida söz boradi?

Vengriya – 2018 yildan buyon Turkiy Davlatlar Taşkilotida kuzatuvçi maqomida. Bu taşkilotda Turkmaniston ham kuzatuvçi. Vengriyada TDTning norasmiy sammiti birinçi marta ötkazildi. Venger tili – turkiy emas, lekin vengerlarning tarixiy kelib çiqişi turkiylarga borib taqaladi.

Milodiy 5-asrda hozirgi Markaziy Osiyo hududlaridan bölgan hunlar Atilla boşçiligida Yevropaga borib, Konstantinopolni zabt etişadi, Vizantiya imperatorlari hunlarga katta miqdorda ölpon tölab turişga majbur bölişadi. Şundan keyin Atilla Galliyada (Fransiya) Ğarbiy Rim imperiyasi armiyasi bilan töqnaşadi. Köp ötmay ular Italiyaga ham kiradi, Atilla Rim papasi bilan uçraşgaç, Rimga yurişini töxtatadi. Katta sonli hunlar armiyasi Italiyadan qaytayotib, Markaziy Yevropada töxtaydi va şu yerda ötroqlaşadi.

“Vengriya” davlati nomi lotinçada “Hungaria” (jumladan, inglizçada ham “Hungary”) bölib, uning özagi aynan hun millatining nomidan olingan.

Vengriya ilmiy va siyosiy doiralari asrlar davomida özining turkiy ildizlarini unutmadi, turkiylarga intilib yaşadi. Lekin geografik masofaning uzoqligi – özaro yaqinlik va hamkorlikni qiyinlaştirib keldi. Qolaversa, bir vaqtlar Rimga tahdid solgan, asli kelib çiqişi Şarqdan bölgan hunlarning avlodlarini qolgan yevropaliklar begonasiraş bilan qabul qildi.

Budapeşt norasmiy sammitida jami 71 punktdan iborat deklaratsiya qabul qilindi. Garçi bu sammit norasmiy bölsa-da, turkiy davlatlar va xalqlarning real yaqinlaşuviga, jipslaşuviga katta qadamlar taşlandi, loyihalar hozirlandi, muhokama qilindi, birlamçi kelişuvlarga erişildi.

Jumladan, taşkilot a’zolari va kuzatuvçilari Şimoliy Kipr turkiy dunyoning ajralmas qismi ekanini urğulaşdi. Ya’ni Şimoliy Kipr de-fakto turkiy davlatlar tomonidan yarim rasmiy darajada tan olindi. Bu qadam – turkiy davlatlar tomonidan bosqiçma-bosqiç Şimoliy Kiprni rasman, diplomatik darajada tan olişga olib boradigan qadamlarning birinçisi bölişi mumkin.

Qolaversa, Budapeştda Falastin davlati qöllab-quvvatlandi. Millionlab turkiylar (özbeklar va turkmanlar) yaşayotgan Afğoniston böyiça doimiy işçi guruh tuzildi. Turkiyaning mintaqadagi, xalqaro taşkilotlardagi faoliyati qöllab-quvvatlandi. Navröz bayrami barça taşkilotga a’zo va kuzatuvçi davlatlarda 21-martda umummilliy bayram sifatida nişonlanadigan böldi.

Asosiy loyiha sifatida, taşkilotga a’zo davlatlarning vatandoşlari içki ID-karta orqali bordi-keldi qilişi masalasi kötarildi. Hozirda Turkiya va Ozarboyjon, Özbekiston va Qirğiziston, Qirğiziston va Qozoğiston vatandoşlari çiqiş pasportlarisiz, içki hujjatlar orqali bemalol bir-biriga bora oladi. Endi şunday tartibni TDTga a’zo mamlakatlar örtasida umumiy deb e’lon qiliş ustida işlanmoqda.

Agar bu loyiha ma’qullansa, Özbekiston vatandoşlari ham bemalol taşqi çiqiş pasportlarisiz Turkiyaga, Ozarboyjon va Qozoğistonga boriş imkoniyatiga ega böladi.

Özbekiston prezidenti Mirziyoyev Budapeştdagi nutqida taşkilotga a’zo davlatlarning strategik şerikligi borasida kelişuv imzolaş masalasini kötardi. Prezident Mirziyoyev bu taklifni 2024 yilda ham kötargan edi. Özbekiston prezidentiga köra, “Turkiy davlatlar örtasida strategik strategik hamkorlik, adabiy döstlik va birodarlik töğrisida”gi kelişuv imzolanişi – turkiy davlatlar örtasidagi strategik yaqinlaşuv uçun huquqiy asos böladi. Özbekiston prezidenti bu kelişuv TDTning Bokuda böladigan rasmiy sammitida imzolanişiga umid bildirdi.

Şuningdek, aynan prezident Mirziyoyev turkiy davlatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, transport-logistika, fan, madaniyat, ta’lim va boşqa sohalardagi real integratsiyasi uçun eng hayotbaxş ğoyalarni taklif qilib kelmoqda. Özbekiston taklif qilayotgan ğoyalar öta jarangdor lozunglar, şiorlar emas, lekin ular amalga oşirilsa, turkiy davlatlar va xalqlar real hayotda, amalda bir-biri bilan çambarças boğlanadi, özaro hamkorlik va birlik şakllanadi va çuqur ildiz otadi.

Özbekiston bu ğoyalarni va loyihalarni sovuqqonlik bilan, mafkuraviy çaqiriqlarsiz, taşkilot içida va taşqarida zöriqişlarsiz, lekin juda mahoratli diplomatiya bilan amalga oşirmoqda.

Birgina misol, Özbekiston TurkTrade loyihasini taklif qilib keladi. Bu loyihaga köra, TDTga a’zo davlatlar barça tovarlar va ularning logistikasini onlayn taşkillaştirişi mumkin, bu özaro savdo-iqtisodiy hamkorlikni osonlaştiradi, kuçaytiradi. TurkTrade onlayn platformasi işlay boşlasa, bu turkiy davlatlarning iqtisodiy boğliqligi karrasiga oşa boşlaydi, erkin savdo zonasi va birlik uçun makon paydo bölib boşlaydi.

Bir qaraşda turkiy davlatlarning özaro hamkorligi, oliy darajadagi uçraşuvlar – odatiy holdek. Lekin bu – bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida orzu qilib yeta olmagan loyihalar edi. 19-asrda turkiy xalqlar va davlatlar bir-biridan uzoqda bölgani uçun jipslaşib, özaro hamkorlikni va birlikni yölga qöya olmadi. 19-asrdagi avj olgan kolonializm Kavkazdagi va Turkistondagi turkiy davlatlarning mustamlaka bölişiga olib keldi. Yagona mustaqilligini saqlab qola olgan turkiy davlat – Turkiya böldi. Biroq Turkiyaning özi ham 19-asr oxiri va 20-asr boşida majruhlandi, parçalandi, jarohatlandi. 19-asrda biz Turkiston turkiylari va ozarlar Çor Rossiyasi, keyinroq bolşeviklar qölida qoldik.

20-asrning ikkinçi yarmida hukm surgan sovuq uruş davrida biz turkiylar kuraşayotgan ikki tarafda bölib qoldik. Turkiya – NATOning a’zosi, biz esa sobiq SSSR içida edik. 20-asrning oxiriga kelib, SSSR qulagaç, sovuq uruş tugadi va biz turkiylarning aksariyat qismi özaro yaqinlaşuv va birlik uçun yangi imkoniyat qölga kiritdik.

Bugun TDTga a’zo davlatlar har xil geosiyosiy taraflarda emas, aksinça, geosiyosiy va geoiqtisodiy muştarak qaraşlarga ega. Mintaqalarimiz atrofidagi geosiyosiy vaziyat ham özaro hamkorligimizga va birligimizga rahna soladigan holatda emas. Bu – unikal vaziyat va tarixiy imkoniyat.

Rossiya – Ukraina uruşi bilan band. Eron – Isroil va ğarb davlatlari sabab, ğarbga emas, şarqqa, Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi bilan hamkorlikdan manfaatdor. Bu davlatlar bilan boğlaniş uçun ham Eronning Markaziy Osiyoga, Kavkazda Ozarboyjonga ehtiyoji katta. Xitoy Xalq Respublikasi ham kelajakda AQŞ bilan töqnaşişdan xavotirlanib, dengizga muqobil quruqlik yöllarini rivojlantirişdan manfaatdor. Şuning uçun Pekin “Bir makon, bir yöl” loyihasini oldinga surmoqda. Bu esa Pekinning Markaziy Osiyo, Ozarboyjon va Turkiyaga bölgan ehtiyojini oşiradi.

Turkiy Davlatlar Taşkiloti va u doirasidagi izçil munosabatlar aynan 2016 yildan keyin, Özbekiston içki va taşqi siyosati prezident Mirziyoyev qöliga ötgaç va rasmiy Toşkentning turkiy hamkorlikka qöşilgaç – şakllanib, kuçayib bordi.

19-20-asrlar – turkiy davlatlar va xalqlar uçun fojialar asri bölgan bölsa, 21-asr – turkiylar uçun katta imkoniyatlar va muvaffaqiyatlar asri bölişi lozim. Va bu tarixiy yutuqlar zamirida Özbekistonning, prezident Mirziyoyevning siyosiy merosi alohida öringa ega.

Kamoliddin Rabbimov,
siyosatşunos