11-noyabr kuni Turkiyaga amaliy taşrif doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar taşkilotining yangi tayinlangan boş kotibi Mirvohid Azimovni qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uçraşuvda yangi boş kotib oldida turgan ustuvor vazifalar, Özbekistonning taşkilot bilan köp qirrali hamkorligi va uni yanada rivojlantiriş istiqbollari körib çiqildi.

Mirvohid Azimov joriy yilning 30-oktabrida Anqarada bölib ötgan Turkiy davlatlar taşkilotining 13-sammitida boş kotib etib tayinlangan edi.
U mazkur lavozimni egallagan birinçi Özbekiston vakili hisoblanadi. Bunga qadar Azimov Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari hamda Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Muzokaralarda 2027-yilda Özbekistonda bölib ötadigan Turkiy davlatlar taşkiloti sammitiga tayyorgarlik masalasiga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Xususan, nufuzli tadbirni yuqori taşkiliy saviyada ötkaziş va uning kun tartibini mazmunan boyitiş bilan boğliq vazifalar muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida Şavkat Mirziyoyev Mirvohid Azimovni yangi lavozim bilan tabriklab, uning Turkiy davlatlar taşkiloti boş kotibi sifatidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.













