Surxondaryoda 300 boş qöy jarlikka qulab nobud böldi, endi yozgi oromgohlar uçun yöllanmani onlayn oliş mumkin, Madaniyat va san’at yönalişidagi startaplar uçun grantlar ajratiladi — ötgan kun davomida Kun.uzʼda yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Surxondaryoda 300 boş qöy jarlikka quladi
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida bir otar qöy jarlikka qulab nobud böldi.
Tuman veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi rahbari Şamşer Umedovga köra, holat 25 may kuni sodir bölgan.
«Bu kabi holatlar oldin ham kuzatilgan. Qöy şunday jonzotki, biri jarlikka özini taşlasa, boşqalari ham unga ergaşib ketaveradi. Nobud bölgan qöylar soni 300 boş. Xodimlarimiz, tuman SES vakillari borib sanoğini olişgan. Qöylarda biror kasallik bölmagan», — deydi Umedov.
Jarlikdan qulagan qöylar şu joyning özida maxsus dori bilan ikki marta dorilangan. Sababi ularni jarlikdan olib çiqişning ham, yoqib yuboriş yoki kömişning ham imkoni bölmagan.
Ta’kidlanişiça, maxsus dorilar nobud bölgan qöylarni 1 oyda çiritib, yöq qilib yuboradi, heç qanday kasallik yoki infeksiya tarqalmaydi.
Holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va mahalla yettiligi qöylarni qişloq yölidan ötkazişga ruxsat bermagani, şu sababli çöpon ularni dara yölidan olib ötişga majbur bölgani aytilgan. Şamşer Umedov bundan xabari yöqligini, holatni tegişli organlar xodimlari örganayotganini bildirdi.
Endi yozgi oromgohlar uçun yöllanmani onlayn oliş mumkin
Yozgi ta’tilda bolalar vaqtini mazmunli taşkil etiş uçun my.gov.uzʼda soğlomlaştiriş oromgohlariga yöllanma oliş xizmati işga tuşirildi.
Endi ota-onalar öz farzandlari uçun qulay mavsum va oromgohni tanlab, uydan çiqmasdan turib ariza yöllaşi va tölovni amalga oşirib, yöllanma olişi mumkin.
Xizmatdan foydalaniş uçun my.gov.uz portalidan «Bolalar oromgohlariga yöllanma oliş uçun ariza beriş» tanlanadi. Söng yöllanma olmoqçi bölgan farzand belgilanadi, oromgoh va qulay mavsum körsatiladi. Şundan keyin tölov amalga oşirilib, elektron yöllanma olinadi.
Yöllanma tölov amalga oşirilganidan söng avtomatik ravişda şakllanadi.
Yöllanma band qilingaç, 30 daqiqa içida tölov töliq amalga oşirilmasa, u avtomatik tarzda bekor bölib, band qilingan yöllanma qayta sotuvga çiqariladi.
Bolalar oromgohlariga yöllanma 7−14 yoşdagi bolalarga beriladi.
Iqtidorli yoşlar rağbatlantiriladi
«Ijodkor yoşlarni qöllab-quvvatlaş va rağbatlantirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, madaniyat va san’at sohasida iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida ijodkor yoşlar faoliyatini muvofiqlaştiruvçi yagona platforma joriy etiladi hamda «ERP madaniyat» yagona boşqaruv tizimiga integratsiya qilinadi.
Şuningdek, madaniyat sohasida sun’iy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş böyiça «Ijodiy texnolaboratoriya» taşkil etiladi, umumiy örta va örta maxsus ta’lim taşkilotlarida «Ijodkor yoşlar klubi», «Madaniyat volontyorlari» ijtimoiy harakati faoliyati yölga qöyiladi.
Bundan taşqari har yili jahonning kamida 4 nafar yetakçi mutaxassisi va taniqli san’atkori öquv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoşlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almaşiş uçun yuboriladi.
Madaniyat va san’at yönalişidagi «Start-Up» loyihalari uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 100 baravarigaça miqdorida ijodiy grantlar ajratiladi. 2026 yildan esa Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar-reja asosida yoşlar uçun tanlov va festivallar taşkil etiladi.











