Falastinning HAMAS harakati vositaçilar orqali AQŞ prezidentining Yaqin Şarq böyiça vakili Stiv Uitkoffdan Ğazoda öt oçişni töxtatiş böyiça yangi taklif oldi.

«HAMAS rahbariyati vositaçilar orqali Uitkoffdan yangi taklifni oldi va uning xalq manfaatlariga javob berişi, foydali bölişi va Ğazo sektorida doimiy öt oçişni töxtatişini ta’minlaş uçun mas’uliyat bilan örganmoqda», deyiladi harakat bayonotida.

28 may kuni HAMAS harakati Stiv Uitkoff bilan öt oçişni töxtatiş kelişuvining umumiy doirasi böyiça kelişuvga erişganini ma’lum qildi. Şu kuni Uitkoff Oq uyda jurnalistlarga Qöşma Ştatlar yaqinda Isroil va HAMASga Ğazo sektorida öt oçişni töxtatiş şartlari röyxatini yuborişni rejalaştirayotganini aytdi.

29 may kuni Isroil rahbariyati yangi reja olgani va uni körib çiqayotgani haqida xabar berdi. U anklavda zudlik bilan öt oçişni 60 kunga töxtatişni va garovdagi 10 nafar tirik isroillikni va 18 nafar ölikning jasadini qaytarişni nazarda tutadi. Buning evaziga Isroil 1500 ga yaqin falastinlik mahbusni ozod qilişi kerak.