Uçraşuvda tomonlar Qoraqalpoğistonning investitsion salohiyati, iqtisodiy körsatkiçlari, istiqbolli xalqaro loyihalarni amalga oşiriş böyiça imkoniyatlarini muhokama qildilar. Şuningdek, Bell Energy kompaniyasining uşbu hududda istiqbolli investitsiya loyihalarda iştiroki masalasi körib çiqildi.

Ötkazilgan muloqotlar natijasiga köra Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va Bell Energy kompaniyasi hamda uning biznes hamkorlari örtasida bir qator anglaşuv memorandumlari imzolandi.

Hujjatlar neft mahsulotlarini saqlaşga möljallangan omborlarini barpo qiliş, çiqindilardan energiya işlab çiqariş, bioetanol va aviatsiya yonilğisi uçun xomaşyo hisoblangan bambuk ekinzorlarini barpo qiliş va bolalar farovonligini ta’minlaşga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni nazarda tutadi.

Imzolangan hujjatlarni amalga oşiriş maqsadida tomonlar har bir loyihaning texnik jihatlari va moliyaviy masalalarini işlab çiqiş va özaro muvofiqlaştirişga kelişib oldilar.