BAAga kirişda muammoga duç kelgan Özbekiston fuqarolari, Ta’lim sifati past bölgan maktablar röyxati tasdiqlandi, tez yordam maşinasiga yöl bermagan L9 haydovçi jarimaga tortildi — ötgan kun davomida Kun.uzʼda yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

BAA aeroportida 100 dan ortiq Özbekiston fuqarolari uşlab turildi

Toşkent—Şarja reysi bilan futbol böyiça Jahon çempionati saralaşi doirasidagi BAA–Özbekiston öyinini tomoşa qiliş uçun 2 iyun kuni amirlikka uçib kelgan yuzlab özbekistonliklar Şarja aeroportida uşlab turilibdi.

Ta’kidlanişiça, aeroportda dastlab ayollar va yoşi katta insonlarni ötkazişgan, qolgan erkaklardan qöşimça hujjatlar, xususan, birinçi marta kelayotgani uçun anketa töldiriş, mehmonxona band qilgani haqida hujjat va qaytiş biletlari nusxasi söralmoqda.

Ma’lum bölişiça, BAAga özbeklarning kiritilmasligi holati keça ham sodir bölgan. 1 iyun kungi reys bilan BAAga borgan özbekistonlik jurnalistlar ham 8 soatga yaqin aeroportda uşlab turilgani aytilmoqda.

Tarmoqlarda, şuningdek, Toşkent şahar turizm boşqarmasi poytaxtda turizm sohasida faoliyat yuritadigan tadbirkorlik sub’yektlariga jönatgan xati tarqaldi.

Xatda Taşqi işlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentining murojaati haqida söz boradi. Unda Özbekistondan borayotgan 5 ming futbol muxlislari stadionga siğmaslik ehtimoli yuqori ekani, bu esa xavfsizlik bilan boğliq muammolarni keltirib çiqarişi mumkinligi aytiladi. Şu sabab BAA aeroportlarida özbekistonliklar orqaga qaytarilayotgani inobatga olinib, turfirmalarga turistlarni turpaketlar orqali yuborişni vaqtinça töxtatiş tavsiya etilmoqda.

Öz navbatida Özbekiston Taşqi işlar vazirligi BAAdagi turli aeroportlar orqali mamlakat hududiga kirib kelayotgan Özbekiston fuqarolarining tekşiruvlari çözilib ketayotgan holatlarni alohida monitoring qilib borilayotganini bildirdi.

«Ayni paytda fuqarolarimizning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qiliş uçun barça çora-tadbirlar körilmoqda. Mamlakatimizning Abu-Dabi şahridagi elçixonasi hamda Dubay şahridagi Boş konsulxonasi BAAning tegişli taşkilotlari bilan uşbu masalada zudlik bilan muzokaralar ötkazdi va vaziyatni yaxşilaş böyiça doimiy aloqada bölib turmoqda», — deyiladi xabarda.

BAA tomoni ma’lumotlariga köra, mamlakatda turli xalqaro tadbirlar munosabati bilan xavfsizlik çoralari kuçaytirilgani sababli aeroportlarda tekşiruv vaqtlari çözilib ketyapti.

Vazirlikning qayd etişiça, hozirda Özbekiston fuqarolarini tezlik bilan tekşiruvdan ötkaziş uçun barça imkoniyatlar safarbar etilgan va natijada ular mamlakat hududiga kirib kelişni boşlagan.

Ta’lim sifati past bölgan maktablar röyxati tasdiqlandi

Maktabgaça va maktab ta’limi vaziri tomonidan Özbekistonda «ta’lim darajasi yuqori bölmagan» maktablar röyxati tasdiqlandi.

Röyxatga 460 ta maktab kiritildi. Bunday maktablarning eng köpi — 99 tasi Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan. Undan keyingi örindan Samarqand va Surxondaryo viloyatlari joy olgan.

«Xalq ta’limi info» portali ma’lumotlarida keltirilişiça, 2023 yilda şunday maktablar röyxatda 642 ta, 2024 yilda esa 545 tani taşkil etgan. Bu yil ta’lim sifati past bölgan maktablar soni 75 taga qisqargan.

Ta’lim sifati past bölgan maktablarga boşqa hududlardan jalb etilgan öqituvçilarga ustama tölanadi.

Ta’lim darajasi yuqori bölmagan maktablar röyxatini şakllantiriş mezonlari Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi va inspeksiya tomonidan işlab çiqiladi hamda tasdiqlanadi. Bunda maktab bitiruvçilarining oliy ta’lim muassasalariga öqişga kiriş natijalari, maktabning reytingi, «Zamonaviy maktab»ga qöyilgan talablar asosida baholaş natijalari inobatga olinadi.

Tez yordam maşinasiga yöl bermagan haydovçi jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Lixian L9 avtomaşinasi tez yordam maşinasiga yöl bermagani aks etgan videotasvirlar tarqaldi. Unda tez yordam haydovçilari sirena va ovoz kuçaytirgiç bilan bir neça bor ogohlantiriş bersa ham, oldindagi maşina ularga yöl bermagani körinadi.

Yöl patrul xizmati xodimlari tomonidan Toşkentda mazkur haydovçiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 128-moddasi 5-bandi bilan bayonnoma rasmiylaştirildi. Bu turdagi qoidabuzarlik uçun BHMning 5 baravari miqdorida – 1 million 875 ming söm jarima közda tutilgan.

Ta’kidlanişiça, haydovçi «e’tiborsizlik qilib qöygani, yöl söralganini körmay qolgani»ni aytib uzr söragan.

«Har kimning boşida bor bu. Haydovçilardan iltimos qilgan bölardik, sirena bilan kelayotgan maxsus avtomaşinalarga iloji boriça yöl berişsin», – deydi tez tibbiy yordam maşinasi haydovçisi.

Ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar jazo tizimini insonparvarlik nuqtai nazaridan qayta körib çiqişni, odamlar xavfsizligini ustun qöyadigan tizim kerakligi, pul işlaş uçun öylab topilgan qoidalar-u jazolarni yöqotiş kerakligini ta’kidlamoqda.

Şuningdek, uşbu holatda sirena ovozini eşitmaslik mumkin emasligi, bundan keyin tez yordamga yöl bermaganlarning maşinasini musodara qiliş zarurligini aytganlar ham böldi.