Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva va Moskva viloyatida migratsiya sohasida eksperiment ötkaziş töğrisidagi qonunni imzoladi.

Özbekistonning Rossiyadagi elçixonasi konsullik bölimi ma’lumotiga köra, 2025 yil 1 sentabrdan boşlab 2029 yil 1 sentabrgaça Rossiyaga vizasiz kelgan fuqarolar uşbu hududlarda majburiy röyxatdan ötiş, biometrik ma’lumot topşiriş va geolokatsiya monitoringi talablariga rioya qilişlari kerak böladi.

Mazkur qonun iş beruvçilarning huquqlarini ham kengaytiradi. Endilikda xorijliklar patentni bir hududda olib, qöşni hududda işlaşlari mumkin. Masalan, Moskvada patenti bor şaxs Moskva viloyatida işlaşi mumkin böladi.