Olti oylik prezidensiz boşqaruvdan keyin Koreya fuqarolari 3 iyun kuni yangi prezidentni saylaş uçun ovoz berdi. Nomzodlar 5 kişi bölsa-da, asosiy kuraş 3 nomzod örtasida bormoqda. Oxirgi 18 yil içida birinçi bor saylov ayol nomzodlarsiz ötdi. Seul universiteti tadqiqotçisi Botirali Hozirovga köra, bu saylov birdan ötkazilgani uçun partiyalarda tayyor nomzod yöq edi. Xalqqa eng taniqlisi Li Çje Myon bölgani uçun demokratlarning ğalabasi tayindek.
Yun Sok Yolning impiçmenti sabab prezident saylovi muddatidan 2 yil avval ötkazildi. U e’lon qilgan harbiy holat özining impiçmentigaça olib keldi. 2022 yilgi saylovda Yun Sok Yolning asosiy raqibi bölgan demokrat nomzod Li Çjye Myong juda kiçkina farq bilan ğalabani qöldan boy bergan edi. Bu galgi nomzodlar içida esa u eng taniqlisi.
“Li Çjye Myong va konservatorlarning 71 yoşli nomzodi Kim Mun Su örtasidagi farq katta, çunki Kim Mun Su taniqli siyosatçi emas va siyosatda nönoq. Li Çjye Myong esa ikki viloyatda mer bölgan va xalq işonçini qozona olgan. U hattoki, huquqşunos va Koreya boş prokurori bölgan Yun Sok Yoldan ham yaxşiroq vakil edi aslida. Biroq 2022 yilda saylovga oz muddat qolganida u haqda tarqatilgan xabarlar elektorat fikrini özgartirgandi. Bu gal Li Çjye Myong ğalabaga juda yaqin, uning saylanişi aniq bölib turibdi”, - deydi Botirali Hozirov.
Uçinçi nomzod esa 40 yoşli Li Çjun Sok. U konservativ “Yangi islohotlar” partiyasi vakili, biroq Li Çjon Sokning ğalaba qozonişiga xalq ham, boşqa partiyalar ham işonayotgani yöq. Eng katta omil şuki – Li Çjun Sokni yoşi katta qatlam qöllayotgani yöq, uning elektorati yoşlar. Koreyada esa saylov taqdirini yoşi katta qatlam hal qiladi, deydi suhbatdoşimiz.
Eslatib ötamiz, Koreya Respublikasining bugungi aholisi 52 million kişini taşkil qiladi va şundan 44,4 million fuqaro bu galgi saylovda ovoz beriş huquqiga ega bölgan. Muddatidan avval ovoz beriş esa 29 may kunidan boşlandi. 15 million saylovçi muddatidan ilgari ovoz berib bölgan. Koreyaning xorijda yaşovçi fuqarolari uçun esa 20-25 may kunlari ovoz beriş taşkil qilingandi.
Saylovning dastlabki natijalari Koreya vaqti bilan 4 iyun, tonggi soat 06:00 ga qadar e’lon qilinişi kutilmoqda.
Suhbatni Kun.uz'ning YouTube'dagi sahifasida töliq tomoşa qilişingiz mumkin böladi.
Şohrux Majidzoda suhbatlaşdi.











