Yangi öquv yili uçun abituriyentlarni röyxatga oliş boşlandi, Qozoğiston bilan çegaradagi tirbandlik bartaraf etildi, Toşkent-Islomobod yönalişida aviaqatnovlar yölga qöyiladi — ötgan kun davomida Kun.uzʼda yoritilgan dolzarb va muhim Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.

Abituriyentlarni röyxatga oliş boşlandi

Bugun, 5 iyundan 2025–2026 öquv yili uçun abituriyentlarni röyxatga oliş boşlandi.

Abituriyentlar öz tanloviga köra, test sinovi natijasida töplagan balliga asosan dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yönalişlariga, söng professional ta’lim muassasalariga öqişga kiriş uçun tanlovda iştirok etadi.

Oliy va professional ta’lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça kiriş imtihonlari iyul–avgust oylarida ötkaziladi.

Qabul jarayonining birinçi bosqiçida abituriyentlar 5 iyundan 25 iyungaça test sinovi topşiriş uçun röyxatdan ötadi hamda test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topşiriş hududini, şuningdek, kiriş imtihonlari tarkibida kasbiy-ijodiy imtihon bölsa, uşbu imtihonni topşiradigan davlat OTMni tanlaydi.

Ikkinçi bosqiçda esa abituriyentlar test sinovlari töliq yakunlanganidan söng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yönalişi va ta’lim şaklini tanlaydi.

Oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yönalişi va ta’lim şaklini tanlamagan abituriyentlar yakuniy tanlovga qöyilmaydi.

Professional ta’lim muassasalarida öqiş istagini bildirgan abituriyentlar professional ta’lim muassasasini, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim şaklini OTMlarga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan söng 10 kun muddatda tanlaydi.

Toşkent metropoliteni Qurbon hayiti kuni soat 10:00 gaça bepul işlaydi

«Toşkent metropoliteni» Qurbon hayiti bayrami kunlari poyezdlar qatnovi hamda metro iş vaqti böyiça ma’lumot berdi.

Qayd etilişiça, 6 iyun – Qurbon hayiti kuni yölovçilarga qulaylik yaratiş maqsadida Toşkent metropoliteni odatdagidan ikki soat oldin, ya’ni tonggi soat 03:00 dan iş faoliyatini boşlaydi. Bundan taşqari, Qurbon hayiti bayrami kunida Toşkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yölovçilarga bepul xizmat körsatadi.

Özbekiston musulmonlari idorasiga köra, Toşkent şahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi öqiladi.

Çegaradagi tirbandlik bartaraf etildi

Toşkent viloyatidagi «Navoiy» çegara bojxona postida Özbekiston va Qozoğiston bojxona xizmatlari mas’ullarining sayyor uçraşuvi bölib ötdi.

Tomonlar asosiy e’tiborni şu kunlarda özbek-qozoq çegara ötkaziş punktlarida kuzatilayotgan yengil avtotransport vositalari tirbandligini tezkor bartaraf etişga qaratişdi.

Uçraşuv davomida tirbandlikni tezkorlik bilan bartaraf etiş maqsadida qöşimça kuç va vositalarni safarbar etişga kelişib olindi.

Şuningdek, «Navoiy» çegara bojxona postida çiqiş yönalişida yengil avtomobillar harakati kamligi sababli uşbu yönaliş orqali Özbekistonga kirişdagi yengil avtomobillarning harakati yölga qöyildi.

«Körilgan çoralar natijasida mazkur postda tirbandlik töliq bartaraf etildi», — deyiladi Bojxona qömitasi xabarida.

Toşkent-Islomobod yönalişida aviaqatnovlar boşlanadi

Islomobod şahrida Özbekiston-Pokiston biznes-forumi taşkil etildi.

Tadbirni Özbekiston elçisi Alişer Töxtayev kiriş nutqi bilan oçib berdi. «Özbekiston Pokistonning yaqin hamkori. Biroq hozirgi 400 million dollarlik savdo aylanmasi bizning salohiyatimizni töliq aks ettirmaydi. Biz bu körsatkiçni beş barobar oşirişimiz mumkin», – dedi diplomat.

Ma’ruzada, şuningdek, ikki mamlakat örtasida hamkorlik uçun ustuvor bölgan bir qator sohalarga töxtalib ötildi. Qişloq xöjaligi va agrosanoat, töqimaçilik va terini qayta işlaş sanoati, energetika, farmatsevtika, turizm, ta’minot zanjirlari va mintaqaviy boğliqlik tarmoqlarini istiqbolli hamkorlik yönalişlari sifatida qayd etildi.

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi bugungi kunda haftasiga ikki marta Toşkent-Lahor yönalişida parvozlarni amalga oşirayotgani, 14 iyundan boşlab Toşkent-Islomobod yönalişida ham aviaqatnovlar boşlanişi ma’lum qilindi. Şu bois Pokiston aviakompaniyalariga ham Özbekistonga yangi reyslarni yölga qöyiş taklifi bildirildi.