Aniqlaştirilişiça, NNT faoliyati bilan boğliq NNT vakillarining xorijiy davlatlarga taşriflarini taşkil etiş ham NNTning tadbiri hisoblanadi.

Bundan buyon bunday taşrifni taşkil etişda NNT kamida 7 kun oldin tegişli adliya organini xabardor qilişi kerak.

Xabarnomada quyidagi ma’lumotlarni öz içiga olişi kerak: 

• safar maqsadi;
• uçraşuv/tadbir ötkaziladigan manzil;
• taşrifni taşkil etiş uçun asos bölgan hujjat;
• taşrifni moliyalaştiriş manbalari (turi körsatilgan holda) va boşqalar.

Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.08.25 yildan kuçga kiradi.