«Vagner» xususiy-harbiy kompaniyasi Maliyadagi «asosiy missiyasi»ni bajarib bölgani va uşbu mamlakatni tark etişini e’lon qildi. Bu haqda yollanma jangçilarga yaqin bölgan «Razgruzka Vagnera» Telegram-kanali xabar berdi.

Qayd etilişiça, yollanma jangçilar 3,5 yil davomida «Mali xalqi bilan yelkama-yelka terrorizmga qarşi kuraşgan».

«Biz yillar davomida tinç aholini dahşatga solib kelgan minglab jangarilar va ularning komandirlarini yöq qildik. Mahalliy vatanparvarlarga öz yurtini himoya qila oladigan kuçli va intizomli armiya tuzişda yordam berdik. Va eng muhim vazifani bajardik — barça mintaqaviy poytaxtlar qonuniy hokimiyat nazoratiga qaytdi. Missiya yakunlandi. «Vagner» XHK uyga qaytmoqda,» — deyiladi postda.

«Vagner» XHK Malidagi işlar uçun odamlarni yollayotganiga oid OAVda ilk xabarlar 2021 yil sentabr oyida paydo bölgandi. Öşanda davlat töntarişini natijasida polkovnik Assimi Goita hokimiyat tepasiga kelgan, şundan keyin mamlakatdagi 5 mingdan ortiq fransuz harbiy xizmatçilari olib çiqib ketilgan edi. Ğarb OAVga köra, yollanma jangçilar Mali harbiylarini tayyorlaşi va yuqori martabali amaldorlar himoyasini ta’minlaşi kerak bölgan. Rossiya TIV bitim mavjudligini amalda tasdiqlab, RF rasmiylarining bunga heç qanday aloqasi yöqligini bildirgan.

All Eyes On Wagner loyihasi «Vagner» XHKning Malidagi birinçi yiliga oid hisobotni e’lon qilgandi. Unda ommaviy qotilliklar, zöravonlik, öğirlik va tinç aholiga hujumlar haqida söz boradi.

2024 yil yozda isyonçi tuareglar va Mali hukumati qöşinlari örtasida töqnaşuvlar yuz bergandi. Janglar oqibatida hukumat qöşinlari va vagnerçilar tuzoqqa tuşib qolgan. Turli ma’lumotlarga köra, 20 dan 80 nafargaça yollanma jangçi halok bölgan.