Tojikistonda Duşanbe politsiyasi Qurbon hayiti oldidan göşt narxlarini tekşiriş uçun reyd ötkazib, 10 kişini röyxatga oldi. Qozoğistonda kartoşka qimmatlab, vazirlik bunda Özbekistonni ham aybladi. Qirğiziston sobiq prezidenti Atambayev sirtdan qamaldi. Turkmanistonda paxta dalasida işlayotganlarni suratga olgan fuqaro uşlanib, söroq qilindi. Qozoğiston vertolyot va dron işlab çiqaruvçi zavod oçyapti. Afğonistonda narkotik moddalarni muntazam iste’mol qiluvçi 200 nafar fuqarolar davolanib çiqdi.

Duşanbe politsiyasi savdogarlarni jarimaga tortdi

Qurbon hayiti oldidan Tojikistonda Duşanbe şahar politsiyasi tekşiruv ötkazib, maxsus guruhlar göşt narxini sun’iy oşirib yuborganlarni qölga tuşirdi va jarimaga tortdi.

Ramazon oyida ham poytaxtda narx-navoni nazorat qiluvçi tekşiruvçilar guruhi tuzilgandi. Duşanbe şahar politsiya boşqarmasiga köra, Qurbon hayiti bölgani uçun göşt narxini oşirgan 10 kişi jarimaga tortilgan.

Hisobotda sotuvçilar göştni qaysi bozorlarda sotgani, narx qançaga oşirilgani va jarima miqdori aniqlanmagan. Biroq ularning barçasi “moddiy manfaat oliş uçun vaziyatdan foydalangani” qayd etilgan. 

Tojikistonda bu yil Qurbon hayiti oldidan bir kilogramm tirik vaznning narxi hayvonning jinsi, yoşi va semizligiga boğliq - 45 dan 60 somoniygaça sotildi. Bu 58 mingdan 77 ming sömgaça degani. Narxlar ötgan yilga nisbatan 10-15 foizga yuqoriladi. Göştning sof vazniga kelsak, tannarxi kilogrammiga 80-110 somoniyga yetgan. Bu 103 mingdan 142 ming sömgaça degani. Bir buqa 595 kilogramm tirik vazni bilan 31500 somoniyga baholandi, bu qariyb 41 million söm degani.

Almazbek Atambayev 11,5 yilga sirtdan qamaldi

Qirğiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev 11,5 yilga sirtdan ozodlikdan mahrum qilinib, barça davlat mukofotlaridan ayrildi. Bişkekning Pervomayskiy tuman sudi Atambayevni bir qator jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topdi va sirtdan 11,5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qildi.

Ma’lum qilinişiça, sud majlisi sudya Aziret Mederov raisligida ötkazilgan. Atamboyev Çuy viloyatining Qöy-Toş qişloğida yer uçastkalarini noqonuniy olişda, şuningdek, Bişkek issiqlik elektr stansiyasini modernizatsiya qilişda korrupsiya, bundan taşqari, Qöy-Toş qişloğida ommaviy tartibsizliklarni uyuştirişda aybdor deb topilgan. Sobiq prezidentga nisbatan mol-mulkini musodara qiliş va barça davlat mukofotlaridan mahrum etiş jazosi ham belgilangan. Atambayev bilan birga “Qöy-Toş voqealari” böyiça Prezident devonining sobiq rahbari Farid Niyozov va Qirğiziston Jogorku Keneşining sobiq deputati Ravşan Jyeenbekov 7 yilu 8 oyga, yana bir sobiq deputat Irina Karamuşkina esa 7 yilu 6 oyga ozodlikdan mahrum etilgan.

Sobiq deputatlar Asel Koduranova 3 yillik, Meyorbek Miskenbayev 5 yillik, Milliy xavfsizlik davlat qömitasi 9-xizmatining sobiq xodimi va Atambayevning sobiq tansoqçisi Kanat Sagimbayev 5 yillik, jurnalist va Atambayev tarafdori Qunduz Joldubayeva 5 yillik probatsiyaga tortilgan.

Aprel oyida Atambayev Batukayev işi böyiça aybdor deb topilgan, biroq da’vo muddati ötgani sababli jazodan ozod etilgandi.

Atambayev 2011-2017 yillarda Qirğiziston prezidenti lavozimida işlagan va 2019 yil iyunida prezidentning daxlsizligi huquqidan mahrum etilgan. Hibsga olinganidan söng unga qarşi bir neçta jinoiy iş qözğatildi.

2020 yil 23 iyunda Bişkekning Pervomaysk tuman sudi Atambayevni 2013 yilda jinoiy avtoritet Aziz Batukayevni noqonuniy ozod qiliş işi böyiça mol-mulkini musodara qilgan holda 11 yilu 2 oyga ozodlikdan mahrum qilişga hukm etgan edi.

Qozoğistonda kartoşka narxlari 32,000 sömgaça qimmatladi

Qozoğistonda kartoşka narxi oşdi. Milliy iqtisodiyot vaziri Serik Jumangarin esa buning sababini Özbekistondan izlagan. Mahalliy qozoq naşri – Tengri.news'ga köra, vazir narxlarning oşişini uçta davlatda hosil yaxşi bölmagani sababli sabzavotlar eksport qilingani bilan boğladi.

Talab va taklif qonuni mavjud. Belarusda ham, Rossiyada ham, Özbekistonda ham kartoşka hosili yaxşi bölmagani sababli kartoşka bilan şunday holat yuzaga keldi. Qozoğistonda yetarli darajada katta zaxiralar bor edi, biz ötgan yili ularni şakllantirgan edik. Biroq fermerlar ham daromad körişi kerak edi, şu bois ma’lum vaqt davomida kartoşka eksportiga tösqinlik qilmadik. Bizda kartoşka taqçilligi yöq, lekin narx kötarildi, dedi Serik Jumangarin.

Vazir hukumatning ikki yöli borligini ma’lum qildi. Birinçisi — kartoşka narxini çeklaş, şunda “bu yil uni heç kim ekmaydi va kelasi yili aniq taqçillik kuzatiladi”. Ikkinçi yöl — kartoşka eksportini çeklaş, amalda şunday qilingan ham.

Ammo biz narxlarni çeklamadik. Çunki bu bozor tamoyillariga zid bölgan çoralar bölardi. Hozir kartoşka 400-600 tenge atrofida turibdi. Turkistonda yangi kartoşka paydo böldi, uning narxi 200-300 tengedan boşlanmoqda. Öylaymanki, hozir narx barqarorlaşadi. Bizda dökonlarda kartoşka bölmagan biror holat kuzatilmadi. Masala narxda, lekin şunga yaraşa talab ham böladi, dedi amaldor.

Qişloq xöjaligi vazirligiga köra, narxi 1300 tenge, ya’ni 32 ming söm atrofida bölgan yangi kartoşka Turkiston viloyatida plyonka ostida yetiştirilmoqda. Uning narxi yuqoriligiga yetiştiriş texnologiyasi va «jozibador» körinişi sabab bölyapti.

2025 yilda Qozoğiston atigi 15 ming tonna yuqori sifatli kartoşka yetiştirgan. Oddiy kartoşka 2,6 million tonnani taşkil etgan. Qozoğistonda ikkinçi non taqçilligi yöq, deya qöşimça qildi vazirlik.

Qirğiziston parlamenti deputatlarga xorijga çiqişni taqiqladi

Qirğiziston parlamenti deputatlarga davlatma-davlat safarda yurişni taqiqladi. Ma’lum bölişiça, Jokorgu keneş deputatlari mehnat ta’tiliga çiqqunça xorijiy va içki xizmat safarlaridan tiyilişi kerak. Bu haqida mahalliy qirğiz naşri – 24.kg xabar bermoqda. Parlamentning navbatdagi sessiyasi butunlay yakunlanişi uçun hali 6 ta majlis ötkazilişi kerak, 26 iyun kuni sessiya yopiladi. Undan deputatlar 2 oy ta’tilga çiqişadi, 1 oy davomida saylovçilar bilan uçraşişadi va 1 oy yana dam olişadi. Parlament spikeri Nurlanbek Turğunbek biror deputat xorijga çiqiş ruxsatini ololmasligini e’lon qildi.

Ayniqsa, fraksiya va deputatlar guruhlari rahbarlari, qömita raislari, barça xorijiy va içki xizmat safarlarini, hatto taklif etayotgan tomon tölaydigan xizmat safarlarini ham bekor qiling.

Heç kimga ruxsat berilmaydi. Xafa bölmang. Bizda juda muhim qonun loyihalari bor, kvorum bölişi kerak, degan spiker.

Ma’lumot örnida şuni aytiş kerakki, Qirğiziston parlamentida deputatlarning xizmat safarlarida yurişi tez-tez taqiqlanib turadi. Ötgan yilning iyun oyida ham muhim qonun loyihalari borligi sabab deputatlarning safarga ketişi çeklangandi.

Paxta dalasidagilarni rasmga olgan fuqaro qölga olinib, söroq qilindi

Turkmaniston paxta dalalarida işlayotgan budjet xodimlari, boğça opalarni rasmga olgan fuqaro qölga olinib, tergov qilindi. Davlat bundan buyon dalada işlayotganlarni rasmga olmaslikni ta’minlaş topşiriğini bergan. Majburiy mehnatda işlayotganlarni rasmga olgan fuqaroning esa telefoni olib qöyilib, undan bu rasmlarni kimga, nima maqsadda jönatişi söralib, jiddiy söroq qilingan. Bu haqida muxolif turkman naşri – Turkman.news xabar bergan. Yodingizda bölsa, bundan 2 ta son oldingi dasturimizda Turkmanistondagi majburiy mehnat va bu qayd etilgan xalqaro hujjatlar haqida gaplaşgandik. May oyi oxirida inson huquqlari böyiça turkman taşabbusi «Progress» jamiyati va Sotton campaign e’lon qilgan xulosada, Turkmaniston hali-hanuz yoş bolalarni ham, davlat xodimlarini ham dalaga haydayotgani yozilgandi.

Turkman politsiyasi may oyining oxirida dalada mehnat qilayotgan davlat xodimlarini video va rasmga olayotgan fuqaroni qölga tuşirgan. Holat Mary viloyati, Vekilbazar etrapi, Gara-oba qişloğida sodir bölgan. Budjet sohasi xodimlari 20 gektar dalani begona ötlardan tozalaş uçun majburan şahardan olib kelingan. Naşrga köra, yer yoki hokimlikda ötirganlarniki yoki prokurorniki.

Telefonida rasm va videoga olgan fuqaro 47 yoşda, u uşlanib Vekilbazar politsiyasiga olib ketilgan. Söroq oxirida u tuşuntiriş xati yozib, bunday holat takrorlanmasligiga va’da bergan. Rahbariyat brigadir va agronomlarga endi dala atrofida bunday rasm va videoga oluvçilarni yaqinlaştirmaslik topşiriğini berdi. Turkmen.news'ga köra, öşandan beri bu dalaga budjet xodimlari olib kelinmayapti, dalani esa begona öt bosib ketdi.

200 nafar narkotik moddalarni doimiy iste’mol qiluvçilar davolanib çiqdi

Afğonistonda 200 nafar narkomanlar davolanib, öz uyiga qaytdi. Poytaxt Kobulda ularning davolanişi yakunlaşi munosabati bilan tantanali tadbir taşkillaştirilgan, bu haqida mahalliy afğon naşri – Tolo.news xabar berdi. Tadbirda "Tolibon”ning soğliqni saqlaş vazirligidan vakil – Abdul Vali Haqqoniy qatnaşib, sözga çiqqan. 200 kişi erişgan yutuqni olqişlagan. Ammo bu davolanişning oxiri emas, oila a’zolari bu şaxslarni qöllab-quvvatlaşda davom etişi kerak, degan vazirlikdan kelgan mehmon.

Ma’lum qilinişiça, Afğonistonda bugun 67 ta giyohvandlikka mukkasidan ketganlarni davolaş markazlari faoliyati körsatmoqda. Şundan 46 tasi kattalar, 14 tasi ayollar va 2 tasi bolalar uçun işlamoqda. Markazda 45 kun davolangan Favodilloh ismli şaxsga köra, psixologlarning tinimsiz muloqoti, vaqtida dori-darmon va ovqatlar berişi ularni tuzatgan.

Eslatib ötamiz, «Tolibon» narkotik moddalar yetiştiriş va sotişni, uning iste’molini taqiqlagan bölsa-da, Afğoniston hali-hanuz bu borada yetakçi mamlakatlardan bölib kelmoqda.