Kun.uz Markaziy Osiyo mintaqasida 1 yil içida eng muhim deb bilgan beş voqeani jamladi. Tahririyat nigohiga köra, 31 mart kungi Xöjand uçraşuvi mintaqada köp yillik tinçlikka asos böladi, hududiy kelişmovçiliklarga nuqta qöyadi. Bundan taşqari, gigant davlatlar bilan “Markaziy Osiyo +” formatlari ötgan 1 yil içida sezilarli kengaydi. Ozarboyjonning maslahat uçraşuvlariga tortilişi ham yilning muhim voqeasi.

Xöjanddagi uçraşuv

Markaziy Osiyo 2016-2017 yillarda bir-biridan ayro davlatlarning mintaqasi edi. Yilning eng asosiy mintaqaviy voqeasi Özbekiston-Tojikiston-Qirğizistonning çegara masalalariga yaxşilik bilan nuqta qöygani böldi. Uç tomonlama uçraşuv şu yilning 31 martida, uçala davlat çegaralari tutaşgan nuqtada bölib ötgandi. Prezidentlar Şavkat Mirziyoyev, Emomali Rahmon va Sadir Japarov davlat çegaralarining tutaş nuqtasi töğrisidagi şartnomani imzolagan. Söng uç mamlakat çegaralari tutaşgan hududda Döstlik stelasi tantanali ravişda oçildi.

Xöş, nega buni mintaqa uçun yil voqeasi deb atayapmiz? Sababi aniq, Markaziy Osiyo davlatlarining bir-biridan uzilişi, yagona zamin odamlarining bir-biridan yuz ögirişiga sabablardan, balki eng kattasi hududiy kelişmovçiliklar edi. Tarixan bitta davlat bölgan bu xalqlar uzoq yillik mustamlaka siyosati sabab beşga bölib yuborildi, keyingi mojarolarning riçagi bölişi uçun xuddi şunday hududiy janjallar sun’iy yaratib ketilgandi. Hozirgi ma’muriyatlar jahondagi geosiyosiy voqealardan ustalik bilan foydalandi va öz muammolarini hal qilib oldi.

Tadbirning mart oyiga belgilanişi, Navröz bilan boğlanişi ham aslida mintaqaning madaniy bir ekanini körsatiş uçun kerak edi. Menimça, çegara böyiça mintaqaning eng kelişolmagan davlatlari Qirğiziston va Tojikiston edi. Yaqin tarixda deyarli har yili qonli töqnaşuvlarga guvoh böldi. 31 martdagi kelişuvdan keyin Özbekiston rahbari ikkala davlat xalqini eski tarix yopilgani bilan tabriklagan. Demak, bizning yil voqealari röyxatimizda Xöjand uçraşuvi birinçi örinda.

“Markaziy Osiyo +” formatlari eng yaxşi bosqiçda

Bundan 21 yil avval, 2004 yilda Yaponiyaning taşabbusi bilan bu format ilk bor tuzilganida bu respublikalar mustaqil bölganiga endi 13 yil tölgandi. Dunyoda birinçi bölib Yaponiya mintaqaga bitta köz bilan qaraş taşabbusi bilan çiqqan. Töğrisi, bu yapon diplomatiyasining ham yutuği. Çunki bu geosiyosiy töğri qaror edi. Bugun deyarli barça katta davlatlar bilan mintaqaviy dialoglar mavjud. Eng oxirgisi Rossiya bilan ham, çunki Moskva hammadan keyin 2022 yilda Markaziy Osiyo + öz formatini tuzdi.

Yil davomida Yevropa ittifoqi, AQŞ va Yaponiya ötkazgan mintaqaviy muloqotlarni alohida körsatib ötgan bölardim. Masalan, AQŞ prezidenti mintaqa liderlarini birinçi marta Oq uyda qabul qildi. Markaziy Osiyo prezidentlari mamlakatining salkam 35 yillik tarixida bir marta bölsa ham AQŞ prezidenti bilan Oq uyda birgalikda yuzma-yuz bölmagandi. Töğri, sobiq prezident Bayden ularni qabul qilgan, lekin sammit Nyu-Yorkda, BMT ofisida ötgan edi.

Yaponiya esa özi boşlagan dialogni mutlaqo yuqori darajaga kötardi. Tokiodagi sammitda Yaponiya tomoni mintaqaviy loyihalar uçun salkam 20 mlrd dollar va’da qildi. Bu juda katta miqdor. Tokio mintaqada inson kapitaliga, ya’ni odamlar, ularning bilimi va kasbiy sifatiga alohida urğu bermoqda.

Yevropa ittifoqiga kelsak, “Global darvoza” kabi loyihalar mintaqa bilan tarixda umuman bölmagan. Yevroittifoq Samarqanddagi aprel oyida ötgan sammitda beş Respublika uçun 12 mlrd yevro va’da qildi. Uşbu investitsion paket avvalo savdo yöllari, söngra energetika, yaşil rivojlaniş, internet va ekologiya uçun sarflanişi e’lon qilingan. Özbekiston prezidentiga köra, masalan birgina bizning davlatga çetdan investitsiya 1 yilda 43 mlrd dollar investitsiya kiritilgan.

Temiryöl qurilişi boşlandi, moliyalaştiriş masalasi hal böldi

Aslida bu böyiça asosiy kelişuvga 2022 yildayoq erişilgan. Biroq, uçala tomon moliyalaştiriş masalasida kelişib olişi kerak bölgan. Şu yilning bahorida temiryöl tunneli qurilişi boşlandi. Ayni dam uç davlat qançadan mablağ berişi aniq bölgan, kelişuv yakunlangan. Qirğiziston transport vaziri bu temiryöl 5 yilda bitişini, Özbekiston tomoni esa bundan ham avvalroq bitib qolişi mumkinligini aytadi. Masalan, yaqinda Kun.uz bilan gaplaşgan Qirğiziston vaziri işlar davom etayotgani, 2030 yilda loyiha bitişini gapirgan.

Ozarboyjon maslahat uçraşuvlariga qöşildi

Bilasiz, 2018 yilda Özbekistonning taşabbusi bilan uşbu format tuzilgan. Bu mantiqan tarixda bölgan, lekin muvaffaqiyatsiz tugagan MOHTning yangi versiyasi. Birinçi ma’muriyat davrida xuddi şunday dialog bor edi, lekin keyinçalik boşqa davlatlarning va xususan Rossiyaning qöşilişi sabab taşkilot umri uzoqqa bormagan. Bu galgi konsultativ uçraşuvlar ança muvaffaqiyatli çiqdi. 7 yillik tajribadan söng Toşkentdagi sammitda Ozarboyjon maslahat uçraşuvlariga rasman qöşildi. Bu esa yangi taxminlarni keltirib çiqardi, kimdir buni “Katta Markaziy Osiyo” strategiyasi bilan boğlasa, yana kimdir geosiyosatga uladi.

Masalan, Özbekiston rasmiylari Ozarboyjonning qöşilişini yangi geosiyosiy mintaqa, deb baholagan.

Ammo-lekin sönggi kunlarda Rossiya ham bu formatga qöşiliş istagida ekani borasida gap-sözlar tarqagan. Bu esa jiddiy signal, çunki aslida maslahat uçraşuvlarining asosiy maqsadi faqat mintaqaviy yiğiliş va mintaqa kelajagi uçun xavflarga hozirdan tayyor böliş strategiyasi edi.

Afğoniston: tan olişdan darak yöq, «Tolibon» kutmoqda

Oradan bir yil ötdi, Afğoniston bilan boğliq siyosat özgargani yöq. Lekin Afğonistonning «Tolibon» hukumati yil davomida öta qaltis bölgan qator çeklovli qarorlarini e’lon qilib keldi. Toliblarning Ğanidan qolgan davlat va hukumatni egallaganiga 4 yil böldi. Lekin ana şu 4 yil içida Rossiyadan taşqari, biror bir rasman bu hukumatni tan olgani yöq. Töğri, fakt jihatdan Xitoy, BAA va Özbekiston toliblar bilan juda yaqin işlamoqda, elçilar tayinlangan. Biroq, rasmiy ravişda hozirgi hukumatdagilar tan olingani yöq. Buning uçun şartlar aniq, inklyuziv hukumat, inson huquqlari, narkokontrabandaga çek qöyiş va boşqalar.

Biroq, «Tolibon»ning özi Afğonistondagi hayotni tinçlantirganini, iqtisodni kötarganini aytadi. Yil davomida Afğoniston uçun eng katta tortişuv Pokiston bilan böldi. Avvaliga Pokiston deyarli barça afğonlarni davlatdan quvişga kirişdi. Söngra ikki davlatning muloqoti mutlaq yomonlaşib, qurolli töqnaşuv darajasiga yetdi. Bunda Hindistonning gijgijlaş rolini ham körsatib ötmasa bölmaydi. Lekin, «Tolibon» dunyodan tan olişlarini istaydi. Masalan, «Tolibon» taşqi işlar vazirligidan Strategik tadqiqotlar Markazi direktori Abdul Hay Qanit hukumat keyingi davlat sifatida Özbekistonning ularni tan olişini kutayotganini aytgan.