Germaniya içki işlar vaziri Aleksandr Dobrindt politsiyaçilarga elektroşokerlarni qöllaşga ruxsat berişni rejalaştirayotganini ma’lum qildi. Uning qöşimça qilişiça, joriy yilda tegişli huquqiy baza işlab çiqiladi.
«Politsiyamiz uçun elektroşokerlardan foydalaniş mutlaqo zarurligiga işonçim komil», — deydi IIV rahbari. Dobrindtning baholaşiça, bu jamoat joylarida politsiyaçilarga nisbatan kuçaygan tahdidlarga qarşi kuraşga mos keladigan vosita.
Uning ta’kidlaşiça, elektroşokerlar dubinkalardan köra samaraliroq va öqotar qurollarga nisbatan kamroq zarar yetkazadi. Huquq-tartibot organlari ularni tiğli-kesuvçi qurolga ega huquqbuzarlarga nisbatan qöllaşni rejalaştirmoqda. Öz navbatida Bavariya içki işlari vaziri Yoaxim Xerman uşbu çoraning samaradorligiga şubha bildirdi. Şuningdek, Quyi Saksoniya IIV rahbari Daniela Berens ham buni tanqid qildi.
Hozirda Germaniyaning ayrim hududlarida, jumladan, Berlin, Gessen, Reynland-Pfals yerlari va Şimoliy Reyn-Vestfaliya yerlarining alohida departamentlarida elektroşokerlardan foydalaniladi.












