10 iyun kuni Özbekiston milliy terma jamoasi va Qatar terma jamoalari örtasida futbol böyiça Jahon çempionati saralaş bosqiçi ötkaziladi. Şu munosabat bilan Çilonzor tumanining qator köçalarida soat 16:00 dan tadbir töliq tugagunga qadar bölgan vaqt oraliğida avtotransport vositalari harakati töliq çeklanadi. Bu haqda Toşkent şahar IIBB Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi xabar berdi.

Vaqtinçalik yopiladigan köçalar:

  • Çilonzor va Çöponota köçalari çorrahasidan Çöponota köçasi böylab, Çöponota—Qatortol köçalari kesişgan çorrahasigaça bölgan qismi;
  • Çilonzor va KHAY köçalari çorrahasidan Çilonzor köçasi böylab, Çilonzor—Muqimiy köçalari kesişgan çorrahasigaça bölgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinçi darajali köçasi — KHAYdan—Muqimiy köçasigaça bölgan qismi.

Şuningdek, tadbir davrida quyida keltirilgan köçalarda harakat vaqti-vaqti bilan qisman çeklanadi:

  • Alişer Navoiy—Furqat köçalari çorrahasidan;
  • Sebzor—Ganga köprigidan Furqat köçasi tunnelga tuşişdan;
  • Zarqaynar köçasi tunnelga tuşiş;
  • Bunyodkor köçasi Kamolon köprik ostidan;
  • Bunyodkor köçasi 2-darajali asosiy yölga çiqiş Ozarboyjon elçixonasi asosiy yölga çiqişdan;
  • Qatortol—Çöponota köçalari çorrahasidan;
  • Çilonzor—Çöponota köçalari çorrahasidan;
  • Bunyodkor-KHAY köçalari çorrahasidan;
  • Bunyodkor 2-darajali yöli—Qatortol köçalari çorrahasidan;
  • Çilonzor—Çöponota köçalari çorrahasidan;
  • Bunyodkor—Gavhar köçalari çorrahasidan;
  • THAY—Bunyodkor köçalari çorrahasidan;
  • «Erkin» YPX maskanidan oğir yuk maşinalari va Çöponota—Şota Rustavelli köçalari çorrahasidan çeklanadi.

«Yuzaga kelişi mumkin bölgan noqulayliklar uçun uzr söragan holda haydovçilarga aylanma yöllardan foydalanişni tavsiya etamiz», — deyiladi xabarda.