Şavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bolgariya prezidenti Rumen Radev 9 iyun kuni rasmiy taşrif bilan Özbekistonga keldi.

Toşkent şahri xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov va boşqa rasmiylar kutib oldi.

Taşrifning asosiy tadbirlari 10 iyun kuni bölib ötadi.

Taşrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat yetakçilarining muzokaralari, rasmiy va işbilarmonlik tadbirlari ötkazilişi, qator ikki tomonlama bitimlar imzolanişi rejalaştirilgan.

Özbekiston va Bolgariya prezidentlari özaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantiriş, şu jumladan, tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, agrosanoat majmui, farmatsevtika tarmoği, konçilik, raqamlaştiriş sohalarida kooperatsiyani yölga qöyiş, turizm va madaniy-gumanitar almaşinuvlarni kengaytiriş masalalarini körib çiqadi.

Bolgariya prezidenti IV Toşkent xalqaro investitsiya forumida ham iştirok etadi.