Bu yil may oyi juda yuqori harorat foni bilan ajralib turdi. Oyning katta qismida örtaça bir keça-kunduzlik havo harorati iqlim me’yoridan 4-6 darajaga, ayrim davrlarda esa 7-9 darajaga yuqori böldi, deb xabar beradi «Özgidromet».

Qayd etilişiça, faqat may oyining oxirgi kunlarida Özbekiston hududiga örta troposferada siklonik aylaniş bilan boğliq bölgan nam va nisbatan salqin havo massalari kirib kelgan.

«27 maydan oy oxirigaça past harorat foni saqlanib turdi. Kunduzgi harorat 25-30 darajadan, ba’zi joylarda 20-23 darajadan oşmadi. 2025 yil may oyida örtaça oylik havo harorati iqlim me’yoridan 2,5-4,5 darajaga yuqori böldi. Respublikaning barça hududlari böyiça ötgan may oyi eng iliq may oylari uçligiga kirdi», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanişiça, respublikaning köpçilik hududlarida (şu jumladan, Toşkent şahrida), ötgan may oyi Özbekistondagi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq may oyi böldi.

Eng issiq kunlarda maksimal havo harorati yoz fasliga xos bölgan qiymatlarga — 37-40 darajaga, şimolda, janubda va çöl hududlarda 41-43 darajaga, Qizilqum çölining ğarbida 45 darajaga yetdi.

Respublikaning bir qator hududlarida Özbekistondagi kuzatuvlar tarixiy qatori uçun may oyi maksimal havo harorati rekordalari yangilandi yoki takrorlandi.

Ötgan may oyi nafaqat ekstremal issiq, balki ekstremal quruq böldi. Xorazm, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida va Qoraqalpoğiston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Qaşqadaryo viloyatlarining köpçilik hududlarida oy davomida yoğingarçilik oylik me’yordan 0 foizdan 10 foizgaça bölişi kuzatildi.

Respublika şimolida, çöl hududlarida va janubida bunday quruq may oylari örtaça 7-9 yilda bir marta qayd etiladi. Masalan, Samarqandda yoğingarçilik 0,0 mm (ötgan may oyida şunça yoğgan) bölişi meteorologik kuzatuvlarning deyarli asrlik tarixida atigi uçinçi holatdir.

Me’yorga nisbatan eng köp yoğingarçilik Farğona vodiysining toğoldi va toğli hududlarida yoğdi – ba’zi joylarda me’yordan 60-80 foizgaça, Qöqon meteostansiyasi hududida esa 103 foiz böldi. Respublikaning qolgan hududlarida oylik yoğingarçilik miqdori me’yorning 20 foizidan 50 foizigaçani taşkil etdi. Yomğirlar asosan uçinçi ön kunligining ayrim kunlarida yoğdi.

Surxondaryo, Namangan, Jizzax, Qaşqadaryo va Farğona viloyatlarida sel-suv toşqin hodisalari qayd etildi.

Respublikaning ba’zi joylarida şamol 15-20 metr/soniyagaça kuçayişi, ayrim kunlarda kuçayiş ba’zida 22-25 metr/soniyaga yetişi kuzatildi. Respublika çöl hududlarida va eng çekka janubida şamolning kuçayişi ba’zida çang-tözonlar bilan qayd etildi.

17 may kuni Toşkent şahrida atmosfera fronti zonasida şamol kuçayişi natijasida çangli böron kuzatildi. Kuçli şamol havoga katta miqdorda qum va çangni kötardi, bu esa janubiy Qozoğiston hududlaridan kelgan çang bilan birga körinuvçanlikning sezilarli darajada yomonlaşişiga sabab böldi. Poytaxtda havoning kuçli çanglanişi ba’zi joylarda soat 22:00 gaça saqlanib turdi.