“Vagner”ga yollanib, 6 oy Rossiya-Ukraina uruşida qatnaşgan yoş yigit jinoiy jazoga tortildi. U uruşga borişga majbur bölganini aytgan.

Kun.uz örgangan sud hukmida keltirilişiça, 2000 yilda tuğilgan U.M. 2021 yil 28 iyul kuni işlaş maqsadida Rossiyaning Samara oblastiga borgan. Yigit u yerda giyohvand moddalar savdosida ayblanib, sud hukmi bilan 8,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

U.M. Samara oblastidagi qamoqxonada jazo muddatini ötaş davrida “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasiga yollangan. Yigit 6 oy davomida Ukrainaga qarşi uruşda qatnaşgan. Unga buning uçun Rossiya fuqaroligi, pul va 3 ta medal berilgan. U.M. 2024 yil oktyabr oyi oxirida Özbekistonga qaytib kelgan.

Yigit sudda aybiga iqrorlik bildirgan hamda uruşga borişga majbur bölganini aytgan.

“2019 yilda maktabni tamomlaganimdan söng 2021 yilga qadar Angren şahar hududida kirakaşlik qildim. 2021 yil iyun oyida iş topiş maqsadida mahalla idorasiga bordim. Mahalla raisi menga mehnat birjasiga borişimni aytdi. Angren şahar mehnat birjasiga bordim. U yerdagi xodim Rossiyaning Moskva oblastidagi “Delovaya liniya” nomli poçta xizmati omborxonasida yuk taşuvçilik böyiça iş borligini aytdi. “Delovaya liniya”da oylik 75 ming rubl ekanini bildim va taklifga rozi böldim. Hujjatlarni yiğib bölganimdan söng Toşkent şahriga suhbatga bordim.

2021 yil 28 iyul kuni birja tomonidan 15-20 kişi işlaş maqsadida Rossiyaga uçib ketdik. Bizni aeroportda 2-3 kişi kutib oldi hamda Moskva oblastining Podolskiy posyolkasidagi yotoqxonaga olib borişdi. Patent çiqqanidan söng omborxonalardan biriga yuk taxlovçi bölib işga kirdim. Oradan 3 kun ötib, Tohir ismli tarjimon bu yerda iş yöqligi, 5 kişini Samara oblastiga yuborişini aytdi va poyezdga çipta olib berdi.

Samara şahrining Kirov rayoniga bordik. Tojikistonlik Farid ismli şaxs registratsiya uçun 8 ming rubldan pul söradi. Pulimiz yöqligini aytdik. Farid pullaring bölmasa tekinga bir hafta işlab berasizlar, dedi. Biz rozi böldik.

2021 yil 11 sentabr kuni buyurtmani olib ketayotganimda politsiya xodimlari töxtatişdi. 4-5 xodim özlarini taniştirmasdan telefon va boşqa narsalarimni olib qöyişdi. Söngra qölimga kişan solgan holda unça uzoq bölmagan binoga olib borişdi. Narsalarimni tintişganida dostavka qutisidan yaşil rangli sellofan paketni topişdi va uning içidagi geroin ekanini aytişdi”, degan yigit suddagi körsatmasida.

Şundan söng U.M.ni 2 oy davomida tergov hibsxonasida saqlab turişgan. Söngra sud hukmi bilan 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.