Ştabi Niderlandiyaning Bryunsyum şahrida joylaşgan NATOning şarqiy qanotidagi qöşma ittifoq qöşinlarining operativ qömondonligi Bundesver harbiy-havo kuçlari boş inspektori Ingo Gerxars tomonidan qabul qilib olindi, deb xabar bermoqda AFP 11 iyun, çorşanba kuni.

59 yoşli general italiyalik general Gulelmo Luiji Miliyetta örnini egalladi va kelgusi yillarda NATOning Norvegiyadan Vengriyagaça bölgan şarqiy qanoti operativ mudofaasiga mas’ul böladi. Gerxars Rossiya va Belarus bilan qariyb 4000 kilometrlik çegara böylab armiya qömondonligini öz qöliga oladi. «Biz hozir Yevropada qaynoq uruşga duç kelyapmiz. Bugungi tahdidlar har qaçongidan ham murakkabroq», — dedi general lavozimga kirişar ekan.

Ingo Gerxars 2025 yilning mart oyida Rossiya propagandasi orqali muzokaralari tutib olingan va naşr etilgan Bundesver ofitserlaridan biri edi. Şundan söng Germaniya Mudofaa vazirligi Germaniya Harbiy-havo kuçlari (lyuftvaffe) yuqori martabali ofitserlarining onlayn konferensiyasi yozuvi sizdirilganini tan oldi.

Suhbatlar tutib olingandan söng Gerxarsga qarşi suriştiruv boşlandi, biroq uning ma’lumotlarning sizib çiqişiga aloqadorligi tasdiqlanmagani uçun u yopildi.