Xususan, Qöqon şahrida yaşovçi, muqaddam “Hizb ut-Tahrir” taşkilotiga a’zo bölib, Jinoyat kodeksining 159- va 244-1- hamda 244-2-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgani uçun 2000-2019 yillarda ozodlikdan mahrum qiliş jazosini ötagan şaxs 1965-1971 yillar oraliğida tuğilgan 4 nafar fuqaroni jalb qilgan holda noqonuniy guruh tuzgan.

2024-2025 yillar davomida Qöqon şahridagi çoyxona va oşxonalarda ötkazilgan özaro yiğinlarda guruh a’zolari “Hizb ut-Tahrir” ğoyalarini Özbekistonga olib kirilişini, uşbu taşkilot tomonidan çop etilgan kitob va jurnallarda ifodalangan aqidaparastlikni, xalifalik davlati quriş ğoyalarini qöllab-quvvatlab kelgan.

Şuningdek, “Telegram” messenjeridagi yopiq kanalga a’zo bölib, unda “Hizb ut-Tahrir” DETga tegişli materiallar bilan muntazam tanişib borgan.

Guruhning yana bir a’zosi ham muqaddam “Hizb ut-Tahrir” taşkilotidagi iştiroki uçun 23 yillik jazo muddatini ötab,  2024 yilning aprel oyida ozodlikka çiqqan bölsa, boşqa bir a’zosi esa firibgarlik bilan boğliq jinoyati uçun umrining ma’lum bir qismini panjara ortida ötkazgan şaxs hisoblanadi.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 159- va 244-1- hamda 244-2-moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllandi.