Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Qoçqinlar böyiça Oliy komissarligi (UNHCR) özining yillik hisobotida xalqaro qoçqinlar soni 13 yil içida birinçi marta kamayganini e’lon qildi. 2024 yilda ularning soni 36,8 million böldi, bu oldingi yilga nisbatan 559 ming kişiga kam. Ta’kidlanişiça, statistik ma’lumotlarga BMT alohida agentligi – UNRWA mas’ul bölgan 5,9 million falastinlik qoçqin kirmaydi.
Qayd etilişiça, 2002 yildan beri birinçi marta 9,8 millionga yaqin kişi öz mintaqalari yoki mamlakatlariga qaytgan (jumladan, 1,6 million qoçqin va 8,2 million içki köçirilganlar) – bular Suriya, Janubiy Sudan, Afğoniston va Ukraina fuqarolaridir.
Biroq hisobotda ta’kidlanişiça, bu qaytişlar köpinça qoçqinlarning vatani xavfsiz bölgani uçun emas, balki ularni qabul qilgan mamlakatdagi gumanitar vaziyat yomonlaşgani uçun sodir bölgan.
Şu bilan birga, mojarolar, repressiyalar, zöravonliklar va inson huquqlari buzilişi tufayli uyini tark etişga majbur bölganlar soni 123,2 million kişiga yetdi – bu rekord.
Ular orasida:
- 73,5 million içki köçirilganlar (qoçib ketişga majbur bölgan yoki öz mamlakatining bir mintaqasidan boşqa hududga majburan köçirilgan);
- 31 million — BMT Qoçqinlar böyiça Oliy komissarligi mandati ostidagi qoçqinlar;
- 5,9 million — UNRWA mandati ostidagi falastinlik qoçqinlar;
- 8,4 million - boşpana izlovçilar;
- 5,9 million - xalqaro himoyaga murojaat qilgan boşqa odamlar.
2024 yil birinçi yarmida boşpana söralgan yangi arizalar eng köp Qöşma Ştatlarda berilgan — 729 ming. Ikkinçi örinda Germaniya – 229,8 ming kişi, Misr, Kanada va Ispaniya uçinçi örinda. Şu bilan birga, xalqaro himoyaga muhtojlarning 73 foizi past va örta daromadli mamlakatlarda yaşaydi.
Aholi jon boşiga eng köp qoçqinlar Livanda röyxatga olingan, bu yerda har sakkizinçi kişi şunday maqomga ega. Eng köp odam Suriya (6 million), Afğoniston (5,8 million) va Ukrainadan (5 million) qoçgan.












