Ma’lum qilinişiça, maktab dasturi Yandex mutaxassislari tomonidan işlab çiqilgan bölib, u oliy kurs talabalari va IT sohasida bazaviy bilimga ega mutaxassislar uçun möljallangan. Unda iştirok etuvçilar mukammallaştirilgan maşğulotlar orqali öz malakalarini oşirişi va xalqaro talablarga javob beradigan darajaga çiqişi rejalaştirilgan.

Mazkur ta’lim markazi har yili senior darajasidagi kadrlarni yetiştirib beradi. Şu orqali sun’iy intellekt va ma’lumotlar bilan işlaşga ixtisoslaşgan mutaxassislar qatlamini şakllantiriş, şu bilan birga, ularni iqtisodiyotning turli sohalaridagi amaliyotga jalb qiliş közda tutilgan.

Kompaniya vakillarining ta’kidlaşiça, Yandex ML School — Özbekistonda IT-ta’limni barça bosqiçlarda rivojlantirişga qaratilgan keng qamrovli strategiyaning bir qismi.

“Biz ta’lim dasturlarimizni yaxlit tizim sifatida qurmoqdamiz — çunki tuşunyapmizki, IT-ta’lim faqat katta ekotizimning bir qismi bölganida samarali böladi. Şuning uçun biz ta’lim loyihalarini barça bosqiçlarda amalga oşiryapmiz: maktab öquvçilari uçun dastlabki darslar orqali ularning qiziqişlarini qöllab-quvvatlaymiz va hamfikrlarni topişga yordam beramiz, amaldagi mutaxassislar uçun esa ilğor dasturlarni taklif etamiz. Yandex ML School’ning oçilişi — Özbekistonda texnologik kadrlar va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirişdagi yangi qadamdir”, — dedi Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Şukurov.

Xabarda markaz faoliyati sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar yetişmasligini kamaytiriş, IT-infratuzilmani rivojlantiriş va sohada raqobatbardoş kadrlar tayyorlaşga xizmat qilişi ta’kidlangan.