Yiğilişda Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasi faoliyati tanqidiy körib çiqildi.
«Nazorat inspeksiyasiga nima uçun şunça vakolat berilgan? Vazirlarga yaxşi köriniş uçun, ular nimani bersa, şuni kötarib kelmasdan, masalalarni örganib, aybdorlarni jazolaş böyiça nega taklif kiritmaydi?» - dedi davlat rahbari.
Faoliyatidagi kamçilik va muammolarni hisobga olib, Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasini bugunning özida tugatişga qaror qilindi.
Şu bois, ijro intizomini mustahkamlaş, aholi muammolari bilan işlaş böyiça mutlaqo yangi tizim yaratilişi belgilandi.
Bundan buyon ijro intizomiga Hisob palatasi mas’ul böladi, uning vakolatlari kengaytiriladi.
Endilikda Hisob palatasi qarorlar bilan berilgan mablağlar faqatgina töğri sarflanişini emas, balki nima samara bergani, aholi bundan qançalik rozi bölganini ham örganadi.
Palata raisi har bir qaror ijrosi natijadorligini tahlil qilib, zaif nuqtalar, «aravasini tortmayotgan» rahbarlar va işlamayotgan tizimlar böyiça öz taklifini har oyda prezidentga kiritadi.
Ma’lumot uçun, Prezident administratsiyasining Nazorat inspeksiyasiga 2022 yil avgustidan buyon Saidlaziz Saidkarimov rahbarlik qilib kelayotgandi. U muqaddam boş prokurori örinbosari va Hisob palatasi raisi örinbosari lavozimlarida işlagan. U inspeksiya rahbari lavozimida keng vakolatlarga ega edi, xususan, prezident topşiriqlari, qaror va farmonlar ijrosini nazorat qilib, ularga sovuqqonlik bilan yondaşayotgan rahbarlarga çora köriş böyiça takliflar kiritib borişi belgilangandi.







