Özbekiston prezidentining farmoni bilan Prezident administratsiyasining qator xodimlari egallab turgan lavozimlaridan ozod etildi, deb xabar beradi prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov.

Xususan, Saidlaziz Saidkarimov boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Prezidenti administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boşliği lavozimidan ozod etildi.

16 iyun kuni Şavkat Mirziyoyev Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi faoliyatini qattiq tanqid ostiga olib, uni bugunoq tugatişga topşiriq bergandi. Saidlaziz Saidkarimov nazorat inspeksiyasiga 2022 yil avgustidan buyon rahbarlik qilib kelgan, u prezident topşiriqlari ijrosiga mas’ul bölgan va ularga sovuqqonlik bilan yondaşgan rahbarlarga çora köriş böyiça takliflar kiritib borişi kerak edi.

Şuningdek, Ötkirjon Qodirov Prezident administratsiyasi Hududlar bilan hamkorlik qiliş va tahliliy materiallarni tayyorlaş departamentining rahbari lavozimidan olindi.

Ötkirjon Qodirov 1984 yil Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tuğilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Özbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilaş Oliy maktabini tamomlagan.

U Davlat bojxona qömitasi raisi örinbosari hamda Qaşqadaryo viloyati hokimi örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Bundan taşqari, Jahongir Ibragimov boşqa işga ötişi munosabati bilan Özbekiston Prezidenti administratsiyasi Rejalaştiriş va axborot ta’minoti departamenti rahbari örinbosari lavozimidan ozod etildi.