Özbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 15 sentyabrdagi PF-6063-sonli farmoni bilan Saidlaziz Saidasiloviç Saidkarimov Özbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Saidlaziz Saidkarimov 1982 yil Toşkent viloyatida tuğilgan. 2002 yil Özbekiston Milliy universitetini huquqşunoslik mutaxassisligi böyiça tamomlagan.

S.Saidkarimov 2002-2009 yillarda Sirdaryo viloyati prokuraturasi tizimida turli vazifalarda işlagan. 2009-2018 yillarda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasining boşqarma prokurori, katta prokurori, boşqarma boşliği örinbosari, boşqarma boşliği lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2018 yil fevraldan buyon Özbekiston Respublikasi boş prokurorining örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Bundan avvalroq 2019 yil sentyabridan buyon Hisob palatasi raisi örinbosari bölgan Bahodir Turobov palata raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.