Frankfurt-Mayndagi oliy sud suriyalik şifokor Alaa M.ni insoniyatga qarşi köplab jinoyatlar, jumladan, qiynoqlar uçun umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. 16 iyun, duşanba kuni u 2011-2012 yillarda öz vatani Suriyada ikki kişini öldirgan va yana töqqiz kişiga oğir tan jarohati yetkazganlikda aybdor deb topildi.
Sudning ta’kidlaşiça, 40 yoşli sudlanuvçining aybi oğir bölib, bu uning 15 yildan keyin hibsdan muddatidan oldin ozod etilişini amalda imkonsiz qiladi.
Hukm sabablarida şifokor jinoyatlarni Homsdagi harbiy hospital va harbiy razvedka hibsxonasida xizmat qilayotgan vaqtida sodir etgani aytiladi. Tergov ma’lumotlariga köra, u Suriyaning öşa paytdagi hukmdori Başar Asad rejimiga nomaqbul şaxslarni «yöq qiliş guruhi» nomi bilan tanilgan şifokorlar guruhining bir qismi bölgan. Uning qurbonlari muxolifat vakillari hisoblangan mahbuslar edi.
Raislik qiluvçi sudya Kristof Kollerning sözlariga köra, Alaa M. qiynoqlar paytida özining sadistik tendensiyalarini körsatgan: u «özidan past va böysunuvçi deb bilgan odamlarga jismoniy oğriq berişni yoqtirgan». Döq-pöpisalarga qaramay sudda körsatma bergan 50 dan ortiq guvohning körsatmalariga köra, jinoyatlar orasida kaltaklaş, tepiş, jarohatlar va tananing turli a’zolarini, jumladan jinsiy a’zolarni kuydiriş kabilar ham bölgan.












