Xalqaro atom energiyasi agentligi (AEXA) Eron yadroviy qurol yaratişga urinayotgani haqida aniq dalillarga ega emas, biroq Eron tomonidan yuzaga keltirilgan noaniqlik «har doim yomon belgidir», dedi agentlik boş direktori Rafael Grossi.

Dunyoning heç bir davlati Eron kabi uranni 60 foizgaça boyitmaydi, bu texnik jihatdan deyarli 90 foizga, ya’ni yadro quroli yaratiş uçun zarur bölgan darajaga yaqin, dedi Grossi matbuot anjumanida, Eron bunga qançalik yaqin ekani haqidagi savolga javob berar ekan.

«Ayni paytda biz siyosiy tahlilçilar yoki hukumat amaldorlari emas, balki inspektormiz. Yadro quroli böyiça faol dastur borligini aytiş uçun bizga aniq dalillar kerak va biz buni körmadik. Ammo bu ular jiddiy taşvişlanadigan zonada emasligini anglatmaydi», dedi Grossi.

Avvalroq, Isroil Eronga qarşi harbiy operatsiya oldidan Eron atom bombalari uçun portlatgiçlar tayyorlaşni boşlagani haqida razvedka ma’lumotlari borligini ma’lum qilgan edi.

AQŞ bunday ma’lumotlarga ega emas, bu uning Isroil zarbalariga qöşilişni istamasligini qisman tuşuntiradi.