Birlaşgan Arab Amirliklari Içki işlar vazirligi 19 iyun kuni Moldova sobiq adliya vaziri Vitali Pirlog hibsga olinganini tasdiqladi, u 2017—2022 yillarda Interpol fayllarini nazorat qiliş komissiyasi (CCF) raisi bölib işlagan.
U 15 iyun kuni Fransiya söroviga köra, Dubayda hibsga olingan. Pirlog hujjatlarni qalbakilaştiriş, poraxörlik va firibgarlikda vositaçilik qilişda gumon qilinmoqda.
Bloomberg ma’lum qilganidek, Pirlog önlab oğir jinoyatlarda gumonlanuvçilarga Interpol tomonidan hibsga olinmaslik imkonini beradigan xalqaro sxemaning asosiy şaxsiga aylangan. Gumonlanuvçilar Moldovadagi advokatlar va rasmiylar orqali soxta qoçqin maqomini olgan, bu esa Interpol ma’lumotlar bazasidagi qizil (qidiruv) bildirişnomani avtomatik ravişda bloklaş imkonini berdi. Bu amaliyot 2017 yildan beri mavjud. Tergovçilarga köra, sxema 2022 yil örtalaridan boşlab, foş etilgunga qadar taxminan 6 oy davomida işlagan.
Bloomberg va RISE Moldova tomonidan olib borilgan suriştiruvga köra, kamida 26 kişi uşbu sxemadan foydalangan, jumladan:
- Andrey Şlyaknovoy — rossiyalik bankir, «Agrosoyuzbank»dan 130 million rublni özlaştirişda ayblangan;
- Sergey Şpak — 2019 yilda Rossiyada 1,8 milliard rubl miqdoridagi firibgarlik uçun qamoq jazosiga hukm qilingan rossiyalik tadbirkor;
- Murat Usenov — Qirğiziston sobiq boş vazirining öğli, pul yuvişda ayblangan;
- Sergey Oşerovskiy — Ukraina va Isroil fuqarosi, 1 million dollar undirişda gumon qilinmoqda;
- Çen Mulin - Singapur tarixidagi eng yirik pul yuviş işida iştirok etgan kiprlik-kambojalik tadbirkor;
- Duan Xongtao - Xitoy bankining aksiyadori bölib, 358 million dollarni özlaştiriş va 248 million dollarni yuvişda gumon qilinmoqda;
- Tarik Kerbuçi - Fransiya fuqarosi bölib, uç tonna kokain kontrabandasida ayblanmoqda.
Bildirişnomalarni olib taşlaş uçun soxta boşpana arizalari va soxta hujjatlar işlatilgan. Pullar Pirlogning BAAdagi kompaniyasi hisob raqamiga ötkazilgan.
Pirlogning özi advokati orqali ayblovlarni rad etmoqda. U dalillarning qonuniyligiga e’tiroz bildiryapti va BAAdagi kompaniya faqat qonuniy faoliyat bilan şuğullanganini da’vo qiladi. BAA sudi hali Pirlogni Fransiyaga ekstraditsiya qiliş böyiça qaror qabul qilgani yöq.









