“Elektron tijoratda kurerlik xizmati faoliyatini amalga oşiriş tartibi töğrisida”gi nizom Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi.
Nizom elektron tijoratda kurerlik xizmati faoliyatini amalga oşiriş tartibini belgilaydi.
Nizomga köra, kurer tadbirkor hamda yetkazib beriş xizmati operatorlari bilan mehnat şartnomasi va (yoki) fuqarolik-huquqiy şartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvçi jismoniy şaxs, şu jumladan özini özi band qilgan şaxs hisoblanadi.
Yetkazib beriş xizmati operatorlari va kurerlar, şartnomada nazarda tutilgan bölsa, xaridorlardan tovar va (yoki) yetkazib beriş xizmatlari uçun tölovlarni qabul qilişga haqli.
Bunda, nazorat-kassa texnikasini majburiy qöllaş yoki elektron yoxud qoğoz şaklida çek (kvitansiya) taqdim etilişi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berişda transport vositalari va termokonteynerlarni toza hamda soz holatda bölişi, muntazam yuvilişi va dezinfeksiya qilinişiga amal qiliş lozim.
Kurerga quyidagilarni amalga oşirişga yöl qöyilmaydi, jumladan:
🔹 tovarning qadoğini özboşimçalik bilan oçiş;
🔹 xaridorlarning şaxsiy ma’lumotlari va yetkazib berilayotgan tovar haqidagi ma’lumotlarni uçinçi şaxslarga oşkor qiliş.












