Armanistonning Civic naşri muxolifat tomonidan Armanistonning amaldagi hukumatiga qarşi «töntariş rejasi» tayyorlanganini ma’lum qildi.
Naşrga havola darhol boş vazir Nikol Paşinyanning Facebook sahifasida paydo böldi.
«Bu jarayon tarixga «ablahlarning muvaffaqiyatsiz davlat töntarişi» sifatida kiradi», deb izoh berdi boş vazir.
Civic naşrining ta’kidlaşiça, «muxolifatdagi işonçli manbalardan» olingan hujjatda bosqiçma-bosqiç harakatlar rejasi, iştirokçilar va fitnaçilar ixtiyoridagi resurslar röyxati keltirilgan.
Civic «Töntariş strategiyasi» nomli yetti sahifalik noma’lum hujjatning skanerlarini naşr etdi. U «Maqsad Nikol Paşinyan rejimini ağdariş» sözlari bilan boşlangan. Şuningdek, hokimiyatni xalq, çerkov va boşqa tuzilmalarga ötkaziş jarayoni 23 iyuldan boşlanişi kerakligi ta’kidlanadi.
«Kadrlar» bölimida bir qator siyosiy va jamoat arboblari: Armanistonning sobiq prezidentlari Robert Koçaryan va Serj Sargsyan, «Vatan uçun Tovuş» harakati yetakçisi Bagrat Srbazan, yaqinda hibsga olingan rossiyalik milliarder Samvel Karapetyan, «Obod Armaniston» partiyasi asosçisi, millioner Gagik Tsarukyan, şuningdek, «Rossiya temir yöllari»ga qaraşli «Gazprom Armaniston» va «Janubiy Kavkaz temir yöli» kompaniyalari bor.
Civic boşqa tafsilotlarni keltirmadi, ularni keyinroq naşr etişga va’da berdi.
May oyi oxirida Paşinyan Arman Apostol çerkovi (AAÇ) rahbari Garegin II şaxsiga qarşi kampaniyani kuçaytirib, uni turmuş qurmaslik haqidagi va’dasini buzganlikda aybladi. Boş vazir katolikosdan öz lavozimini tark etişni talab qildi va yangi saylov taşkil etişga urinmoqda. 18 iyun kuni Rossiyaning «Taşir» kompaniyalar guruhi egasi, AAÇ homiylaridan biri Samvel Karapetyan Yerevanda hokimiyatni egallab olişga çaqirişda ayblanib, hibsga olindi.












