Havo hodisalarini tekşiriş byurosi (AAIB) Hindistonda Air India aviakompaniyasining Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti halokatiga ehtimoliy sabablardan biri sabotaj bölişi mumkin dedi. Bu haqda NDTV telekanaliga fuqaro aviatsiyasi vaziri Murlidxar Moxol ma’lum qildi.

«AAIB hodisaning turli sabablarini, jumladan, ehtimoliy sabotajni tekşirmoqda. Videokameralar tasvirlari tekşirilmoqda va barça nazariyalar baholanmoqda... Bu borada bir neçta idoralar işlamoqda», dedi u.

Moxolning qöşimça qilişiça, hozir tergov idoralari halokatga uçragan samolyotning qora qutisidagi ma’lumotlarni sinçkovlik bilan örganmoqda. Hindiston qora quti ma’lumotlarini oliş uçun xorijlik mutaxassislardan yordam söramaydi va uni xorijga yubormaydi.

The Times of India naşriga bergan intervyusida janob Moxolning aytişiça, samolyotning ikkala dvigateli ham havoga kötarilganidan bir neça soniya ötib tösatdan töxtab qolgani sababli sabotaj nazariyasi paydo bölgan. Uning sözlariga köra, bunday hodisalar ilgari uçramagan.

16 iyun kuni American Airlines kompaniyasining aviatsiya böyiça mustaqil eksperti Stiv Şrayber ikkala dvigatelning ham bir vaqtda töxtab qolgani ğayritabiiy hodisa ekanini aytgan edi. Boşqa tahlilçilar halokatga dvigatel elektr tizimining nosozligi sabab bölişi mumkinligini ta’kidladir, çunki Boeing 787 Dreamliner funksiyalarining aksariyati elektr tizimlari tomonidan bajariladi.

12 iyun kuni Hindiston ğarbidagi Ahmadobod aeroporti yaqinida Boeing 787 Dreamliner halokatga uçradi. Samolyot havoga kötarilganidan köp ötmay turar-joy hududidagi tibbiyot kollej yotoqxonasi binosiga quladi. Kamida 290 kişi halok böldi, 60 nafardan ortiği jarohat oldi. Samolyot yölovçilaridan faqat bir kişi tirik qoldi.