Hindistonda Air India aviakompaniyasi yölovçi samolyoti uçuvçilardan biri giyohvandlik moddasi ta’sirida bölgani tufayli halokatga uçraşiga bir baxya qoldi.
Hodisa 4-avgust kuni röy bergan. The Times of India gazetasi yozişiça, Tailandning Pxuket şahridan Hindiston poytaxti Nyu Dehli şahriga parvoz qilgan Airbus A320neo samolyoti komandiri kutilmaganda özini yomon his qila boşlagan va unga bort kuzatuvçisi tomonidan tez tibbiy yordam körsatilgan.
Bu vaqtda layner balandlikni yöqotib, keskin pastlagan.
Salondan olingan videolarda yukxonalar eşigi oçilib, buyumlar soçilib ketgani, ayrim yölovçilar şikastlanganini köriş mumkin.
Samolyot aeroportga qönganidan keyin 20 yölovçi va ekipajning tört nafar a’zosi tibbiy yordam sörab murojaat qilgan, 17 kişi şifoxonaga yotqizilgan.
Avvaliga aviakompaniya rahbariyati hodisaning asl sababini yaşirişga uringan va bu holatga samolyot turbulentlik zonasiga tuşib qolgani sabab bölganini bildirgan. Ammo tekşiruvlar davomida samolyotning birinçi uçuvçisi marihuana qabul qilgani aniqlangan. Ötkazilgan test uning organizmida giyohvandlik moddasi borligini tasdiqlagan.
Qayd etilişiça, bu vaziyatda faqat ikkinçi uçuvçi boşqaruvni öz qöliga olgani va belgilangan manzilga olib borgani samolyotni aviahalokatdan saqlab qolgan.

















