Qozoğistonda jamoat joylarida yuzni yopadigan aksessuarlar kiyiş taqiqlandi. Tegişli qonunni prezident Qosim-Jömart Töqayev imzoladi.
Xizmat vazifalarini bajariş, tibbiy sabablarga köra, noqulay ob-havo şaroitidan himoya qiliş, fuqarolik mudofaasi maqsadlarida, şuningdek, sport va madaniy tadbirlarda iştirok etişda yuzni yopiş holatlari bundan mustasno.
26 iyun kuni qonun loyihasi Qozoğiston parlamenti tomonidan ma’qullangan edi.
Avvalroq prezident Töqayev yuzni yopişdan köra, milliy özlikni ta’kidlaydigan kiyim kiyişni tarğib qilgan edi.
Yanvar oyida xuddi şunday qonun Qirğizistonda ham qabul qilindi. Hujjatga köra, jamoat joylarida «fuqarolarning şaxsini aniqlaşga imkon bermaydigan» kiyimlarni kiyiş taqiqlanadi. Iş yoki tibbiy sabablarga köra yuzini yopişi kerak bölganlar uçun istisno mavjud.












