Yekaterinburg sudi tergov 2001-2011 yillarda ozarboyjon diasporasi vakillarini öldiriş va suiqasd qilişda gumon qilgan yetti kişini tergov izolyatoriga taşlaş haqida hukm çiqardi. Mahalliy naşrlar xabar berişiça, şu kunlarda şaharda kelib çiqişiga köra ozarboyjonlik bölgan guruh vakillarini qölga oliş böyiça reyd ötkazilgan, bu xavfsizlik kuçlari tomonidan kuç işlatilişi bilan keçgan. Gumonlanuvçilarning ikki nafari qölga oliş vaqtida vafot etgan, qolganlari kaltaklaş izlari bilan sudga olib ketilgan. Ozarboyjon Rossiyadan xavfsizlik kuçlarining reyd paytidagi harakatlarini tekşirişni talab qilmoqda va allaqaçon mamlakatda Rossiya tomonidan rejalaştirilgan barça madaniy tadbirlarni bekor qilmoqda va «FXX josuslari»ni qölga olmoqda. Quyida aka-uka Safarovlar işi böyiça asosiy ma’lumotlar keltiriladi.

Yekaterinburgdagi reyd

2025 yil 27 iyun kuni Yekaterinburgda kelib çiqişiga köra Ozarboyjondan bölganlar ommaviy tarzda qölga olinişi kuzatildi: 2001–2011 yillarda sodir etilgan qotilliklar va suiqasdlarga aloqadorligi tekşirilişi uçun 50 ga yaqin kişi Tergov qömitasiga yetkazilgan.

Ikki asosiy gumonlanuvçi, aka-uka Guseyn va Ziyaddin Safarov qölga oliş harakatlari vaqtida vafot etgan, ularning yuragidagi muammolari bölgani aytilgan. E1 naşri xabariga köra, ular qölga oliş çoğida özini yomon his qila boşlagan. Yana uç kişi şifoxonaga tuşib qolgan, ulardan biri – Kamol Safarov – jonlantiriş bölimida qolmoqda. Naşrning ta’kidlaşiça, bu iş jami 15 kişini qamrab olgan, ular orasida Safarovlar oilasining töqqiz vakili, şuningdek Ahliman Ganjiyev va Aziz Abbosov ham bor.

Keyingi kuni Tergov qömitasining Sverdlovsk oblasti böyiça boşqarmasi «etnik jinoiy guruh faoliyatiga çek qöyilgani»ni e’lon qildi. Uning a’zolariga nisbatan bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, buyurtma asosida odam öldiriş va suiqasd qiliş holatlari böyiça jinoiy iş qözğatilgan.

Tergov versiyasiga köra, qölga olinganlar 2001 yil may oyida «Kaspiy» kafesi (aka-uka Safarovlarga tegişli) yonida piçoqlanişi oqibatida şifoxonada vafot etgan, kelib çiqişiga köra Ozarboyjondan bölgan yekaterinburglik Yunis Paşayev öldirilişiga aloqadorlikda gumonlanmoqda. Şahardagi E1 naşri yozişiça, öşanda tergovçilar aka-uka Safarovlarga ayblov e’lon qila olmagan, lekin Paşayev jon berişidan oldin ularni körsatişga ulgurgandi.

E1 xabariga köra, qölga olinganlar Yekaterinburgda yaşovçi yana bir asli ozarboyjonlik Fehruz Ş.ga 2011 yil may oyida uyuştirilgan suiqasdda ham gumonlanmoqda. Öşanda tergov ijroçini qölga olişga muvaffaq bölgandi (u hozirda qamoq muddatini ötamoqda), ammo buyurtmaçilarga yetib bora olmagandi. Naşrning yozişiça, işdagi uçinçi epizod 2011 yil yozida şahardagi sabzavot bazalaridan birining egasi Ikrom Gadjiyev öldirilişi bilan boğliq.

RIA Novosti esa Yekaterinburgda qölga olingan ozarboyjonliklar 2021 yilda röy bergan, alkogoldan ommaviy zaharlaniş holati bilan boğliqligi haqida xabar tarqatdi.

Öşanda Yekaterinburgdagi savdo pavilyonlarida sotilgan alkogol mahsulotlari partiyasida normadan oşiq konsentratsiyada metanol aniqlangan. Bu mahsulotlarni iste’mol qiliş oqibatida 51 kişi zaharlanib, şundan 44 kişi halok bölgan. Iş böyiça yetti kişi qamalgandi (6,5 yilgaça).

Bundan taşqari, qölga olingan şaxslar şaharda qalbaki sigaretalar sotiladigan kioskalarga egalik qilgan. RIA Novosti manbasi aytişiça, ular 1990-yillardan boşlab jinoiy faoliyat (giyohvand moddalar sotiş, qimor öyinlarini noqonuniy taşkil etiş, fohişabozlik va pornografik materiallar tarqatiş) bilan şuğullanib kelişgan.

Mazahir Safarov

2025 yil 29 iyun kuni Yekaterinburgning Lenin rayon sudi işdagi yetti figurantni tergov izolyatoriga yubordi. Ulardan biri – Mazahir Safarovning advokati jurnalistlarga qölga oliş çoğida mijozining qovurğalari singanini aytdi. Yana bir gumonlanuvçi Ayoz Safarov esa sudda yuzida kaltak izlari bilan köriniş bergan. U «qölga olinişidan oldin yiqilgani»ni aytgan.

Ayoz Safarov

Ozarboyjondagi Oxu.Az naşri iş doirasida guvoh maqomida qölga olingan Ramil va Muhammad Safarovning ham tanasida kökarişlar aks etgan fotosuratlarni tarqatgan.

Bokuning javobi

Ozarboyjon taşqi işlar vazirligi Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining Yekaterinburgdagi ozarboyjonliklarning uylariga uyuştirgan reydlarini «yöl qöyib bölmas zöravonlik» deb atadi. «Biz Rossiya tomonidan uşbu iş böyiça zudlik bilan tergov ötkazilişini va uşbu nomaqbul zöravonlik harakatida aybdorlar imkon qadar tezroq javobgarlikka tortilişini kutmoqdamiz», – deyiladi TIV xabarida.

28 iyun kuni vazirlik Rossiya elçixonasining muvaqqat işlar vakili Pyotr Volokoviçni çaqirtirib, unga «qat’iy protest» bildirdi.

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova hibsga olinganlar Rossiya fuqarolari ekanini aytib çiqdi. Öşa kuni Rossiya Tergov qömitasi rahbari Aleksandr Bastrikin vazirlikning Sverdlovsk bölimiga ozarboyjonliklarning ommaviy hibsga olinişi va ikki gumonlanuvçining ölimi haqida hisobot tayyorlaşni topşirdi.

Bu voqealar ortidan mamlakat Milliy majlisi deputatlari delegatsiyasi Ozarboyjon va Rossiya örtasidagi hamkorlik böyiça parlamentlararo komissiyaning 23-yiğilişida iştirok etişdan boş tortdi. Ozarboyjon madaniyat vazirligi esa Rossiya iştirokidagi barça madaniy tadbirlar, jumladan, konsertlar, festivallar, spektakllar, körgazmalarni bekor qiliş haqida qaror çiqardi.

Vazirlikning OAVga ma’lum qilişiça, bu «Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg oblasti hududida etnik kelib çiqişiga köra ozarboyjon bölganlarga nisbatan sodir etilgan qasddan va suddan taşqari qotilliklar va zöravonlik harakatlari»ni hisobga olgan holda amalga oşirilgan. Xabarda Rossiyada bunday holatlar tizimli tus olgani ta’kidlangan.

30 iyun kuni tuşdan keyin Ozarboyjon Içki işlar vazirligi «Sputnik Ozarboyjon» axborot agentligi ofisida tintuv ötkazdi.

Qayd etilişiça, bino huquq-tartibot idoralari tomonidan nazoratga olingan. Politsiya tintuv tafsilotlarini keyinroq oşkor qilişga va’da berdi.

Qafqazinfo naşri yozişiça, «Rossiya segodnya» tarğibot media guruhi tarkibiga kiruvçi «Sputnik Ozarboyjon» agentligi faoliyati Ozarboyjonda fevral oyidayoq rasman töxtatilgan edi. Biroq tahririyat bu qarorni bajarmagan, ofis öz faoliyatini davom ettirgan va agentlik xodimlari işga çiqişda davom etgan.

Mahalliy APA va Vesti.Az naşrlari yozişiça, tintuv vaqtida ozarboyjonlik tergovçilar Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining (FSB) uşbu agentlikda işlovçi ikki xodimini qölga olgan. Ular boş muharrir Igor Kartavix va muharrir Yevgeniy Belousovdir. Bu ma’lumot hozirça mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlanmagan.

Buzilgan munosabatlar

Ikki davlat örtasidagi munosabatlar ötgan yilning dekabr oyida Rossiya havo hududida Ozarboyjonning AZAL aviataşuvçisiga tegişli yölovçi samolyot urib tuşirilganidan söng yomonlaşa boşlagandi. Samolyot Bokudan Grozniyga parvoz qilgan va Qozoğistonning Oqtov aeroportiga favqulodda qöniş çoğida halokatga uçragandi.

Öşanda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev bir neça keskin bayonotlar berib, halokatda aybni Rossiya tomoniga yuklagandi, u samolyotga yerdan zarba berilişi natijasida şikast yetkazilgani va radioelektron kuraş vositalari yordamida boşqarib bölmaydigan holatga keltirilganini aytgandi.

«Işonç bilan aytişim mumkinki, uşbu falokatda Ozarboyjon fuqarolari halok bölişida Rossiya Federatsiyasi vakillarining aybi bor», – degandi Aliyev.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Aliyev bilan telefon orqali suhbatda sodir bölgan voqea uçun uzr söradi, biroq aybni tan oliş haqida ham (garçi u havo hujumidan mudofaa işlaganini tilga olgan bölsa-da), tovon puli haqida ham gap bölmadi.

Şundan söng, Ozarboyjon taşqi işlar vazirligi Rossiya fuqarolariga mamlakatda böliş ruxsatnomasini ikki baravarga – bir yil davomida 90 kungaça qisqartirdi.

Fevral oyida Ozarboayjon hukumati Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostida bölgan, Yevgeniy Primakov boşçiligidagi Rossotrudniçestvo loyihasi – «Russkiy dom»ni yopdi. Mahalliy matbuot öşa paytda Ozarboyjon rasmiylari «taşqi aralaşuvga ortiq toqat qilişni istamasligi» haqida yozdi. Rasmiy ravişda Ozarboyjon rasmiylari buni «Russkiy dom» röyxatdan ötmagani bilan izohlagan.

Öşanda prezident Aliyev Ukrainaga bir million dollarlik gumanitar yordam jönatiş töğrisidagi farmoyişni imzolagan edi. 2024 yil oxiriga kelib esa Ozarboyjon Ukrainaga taxminan 40 million dollarlik yordam körsatdi.

Çeklovlar boşqa xorijiy taşkilotlarga ham ta’sir qildi – avvalroq Ozarboyjonda Amerikaning USAID Xalqaro taraqqiyot agentligi ofisi yopilgan edi. Mart oyida esa Boku BMT, Xalqaro Qizil Xoç va Transparency International taşkilotlarining bir qança vakolatxonalari yopilişini e’lon qildi.

Parallel ravişda OAV orqali ham axborot uruşi rivojlandi. AZTV davlat telekanali Rossiyani 1990 yilda Bokudagi namoyişçilar öqqa tutilişida va 1992 yilda Qoraboğdagi Xöjali qirğinida aybladi. Şuningdek, 2020-2024 yillarda Rossiya tinçlikparvar kuçlari Qoraboğga joylaştirilişi «xoinlik missiyasi» deb ataldi.

Kanal Putinning özini 2020 yilgi ikkinçi Qoraboğ uruşi paytida Bokuni «töxtatiş»ga urinişda aybladi.

Rossiyalik propagandaçilar ham Ozarboyjon haqida xuddi şunday keskin fikr bildirişdi.

«Tsarigrad» telekanalining siyosiy şarhlovçisi va «DXR»ning sobiq davlat xavfsizlik vaziri Andrey Pinçuk «Aliyevning öta qöpolligi» haqida yozdi.

«Bunday „döstlar“ bilan „töğri döstlaşiş“ kerak va boşga çiqib olişiga yöl qöymaslik lozim. Rossotrudniçestvoni yopiş? Unda „Sadovod“ni [Moskvadagi ozarboyjonliklar işlaydigan bozor] yopamiz», – deyilgan Pinçukning kolonkasida.

Muallif şuningdek «Ozarboyjonga „Krokus-Siti“ va boşqa şu kabi obektlardan moliyalaştiriş oqimlar»ni qayta körib çiqişni taklif etgan, çunki, uning sözlariga köra, «ozarboyjonlik oligarxlar Rossiya jamiyatida ildiz otgan».

Rossiyadagi badavlat kişilar qatorida kelib çiqişiga köra Ozarboyjondan bölganlar kam emas. Forbes ma’lumotiga köra, ötgan yili milliarderlar röyxatini asli ozarboyjonlik, «Lukoyl»ning sobiq rahbari Vagit Alekperov boşqargan.

2021 yilda ötkazilgan sönggi qayta hisoblaşga köra, Rossiyada 475 ming ozarboyjonlik istiqomat qiladi.

Ozarboyjon davlat statistika qömitasiga köra, ötgan yili Rossiya va Ozarboyjon örtasidagi tovar aylanmasi 4,8 mlrd dollar atrofida bölgan. Moskva Boku uçun – Turkiya va Italiyadan keyingi (Ozarboyjon uşbu mamlakatga neft yetkazib beradi) uçinçi yirik savdo şerigi hisoblanadi.