Rossiya hududiga kirişdagi yangi qoidalar Qozoğiston—Rossiya çegara punktlarida yuk maşinalari va avtobuslarning töplanib qolişiga sabab bölmoqda.

«Aqtöbe viloyatidagi «Jaysan», Şimoliy Qozoğiston viloyatidagi «Jana jol» va Atiraudagi «Bökeyxon» çegara punktlarida bir neça önlab yuk maşinalari va avtobuslar Rossiyaga kirişga navbat kutyapti, politsiya jamoat tartibini saqlamoqda, transport oqimlarini nazorat qilyapti va haydovçilarga yordam körsatmoqda», — deyiladi Qozoğiston IIV xabarida.

Çegarada transport vositalarining töplanişi 30 iyunda boşlab kuzatilmoqda.

«Tirbandlikning asosiy sabablaridan biri qöşni mamlakatga kirişdagi yangi talablardir. Içki işlar vazirligi haydovçilarni xotirjam bölişga, tartibni saqlaşga va politsiya xodimlarining körsatmalarini bajarişga çaqiradi», — deya ta’kidlanadi xabarda.

IIV ma’lumotlariga köra, hodisa joyidagi patrul ekipajlari va uçastka inspektorlari «haydovçilarga maslahatlar bermoqda, vaziyatni nazorat qilib, yöl harakati xavfsizligini ta’minlaş böyiça tegişli çoralar körmoqda».

Idoraning qöşimça qilişiça, qolgan mintaqalarda vaziyat barqaror, ötkaziş punktlari odatdagi rejimda işlamoqda.

Rossiyada 30 iyundan mamlakat hududiga vizasiz tartibda kirişni rejalaştirayotgan xorijiy fuqarolar, jumladan, voyaga yetmaganlar va nogiron şaxslarning qonuniy vakillari uçun ruID ilovasi orqali eksperiment şaklida raqamli röyxatga oliş tartibi joriy etildi.