«Toşkent arxitektura-quriliş universiteti faoliyatida ta’lim tizimi samaradorligini oşiriş va ilmiy tadqiqotlarning amaliyot bilan integratsiyasini ta’minlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga köra, 2025 yil 1 sentabrdan «Universitet – laboratoriya – korxona – vazirlik» ekotizimi joriy etiladi.

Ekotizim doirasida har yili:

- hamkorlik qilayotgan quriliş sanoati korxonalaridan ilmiy tadqiqotlar ötkaziş böyiça buyurtmalar qabul qilinadi;

- talabalar, magistrantlar, ilmiy izlanuvçilar örtasida «Eng yaxşi 20 ta ğoya» tanlovi e’lon qilinib, saralab olinadi;

- ğolib loyihalar böyiça laboratoriyalarda tadqiqotlar ötkazilişi ta’minlanadi.

Şuningdek, Savdo-sanoat palatasi amaliyotga joriy etilgan ilmiy tadqiqotlar mualliflarini BHM 35 baravari miqdorida moliyaviy rağbatlantiradi.

2025 yil 1 sentabrdan davlat oliy ta’lim taşkilotlarining arxitektura va quriliş yönalişidagi barça laboratoriyalari faoliyati Universitet tomonidan «UniLab» platformasi orqali muvofiqlaştirib boriladi.