Rafahdagi jurnalist Muhammad Ğaribning BBC’ga ma’lum qilişiça, tanklar AQŞ va Isroil qöllab-quvvatlovida oçilgan gumanitar yordam taqsimlaş markazi yaqinida minglab falastinliklar töplanganida öt oçişni boşlagan.
Mahalliy jurnalist va faollar odamlar halok bölayotgani va yaralanganlar eşak aravalarda Qizil Xoç gospitaliga olib ketilayotgani tasvirlangan kadrlarni e’lon qildi. Ta’kidlanişiça, favqulodda xizmat xodimlari öqqa tutilgan joyga ötib bora olmagan.
Ğaribning sözlariga köra, tanklar yordam taqsimlaş markaziga mahalliy vaqt bilan soat 04:30 larda yaqinlaşgan va öt oçgan. «Öldirilganlar va yaralanganlar uzoq vaqt yerda yotdi. Qutqaruv xizmati bu hududga öta olmadi, u Isroil nazorati ostida. Natijada odamlar eşak aravalarda yaradorlarni dala gospitaliga olib borişga majbur böldi», — deydi jurnalist.
Qizil Xoç şifoxonasi xodimlari 26 kişi halok bölgani va 150 kişi yaralanganini tasdiqladi.
BBC isroillik harbiylar, şuningdek, AQŞ va Isroil qöllab-quvvatlovida gumanitar yordamni taqsimlaş uçun taşkil etilgan Ğazo Gumanitar fondiga izoh sörab murojaat qilgan.
Ğazo fuqarolik mudofaasi rasmiy vakili Mahmud Bassalning AFP’ga ma’lum qilişiça, «Isroil harbiylarining minglab odamlar tomon öt oçişi natijasida» 100 dan ortiq odam yaralangan.
Sulh muzokaralari qanday keçmoqda
Rafahdagi hodisa HAMAS guruhi AQŞning Ğazo sektorida öt oçişni 60 kunga töxtatiş töğrisidagi taklifiga javobini e’lon qilganidan köp ötmay sodir böldi.
Harakat Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan falastinlik mahbuslar evaziga garovdagi 10 nafar isroillikni ozod etiş va halok bölgan 18 nafarining jasadini qaytarişga rozi bölgan. Ammo AQŞ prezidenti vakili Stiv Uitkoff guruhning qarşi şartlarini nomaqbul deb atagan va Isroil hukumati ham ularni rad etgan.
Xalqaro gumanitar taşkilotlar Ğazodagi vaziyat keskin yomonlaşganini aytmoqda, çunki Isroil armiyasining harbiy operatsiyasi tufayli mahalliy aholi oziq-ovqat va tibbiy yordamni ololmayapti.
Ğazo Gumanitar fondiga (GHF) köra, uning sektordagi bir neçta taqdimlaş punkti joriy hafta falastinliklarga 2 million porsiya ovqat tarqatgan.


















