Navoiy şahridagi Alişer Naoviy istirohat boğida bir guruh qizlar örtasida janjal sodir böldi, deb xabar beradi viloyat IIB axborot xizmati.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Navoiy şahridagi boğda bir guruh qizlar janjallaşib, bir-birini urgani aks etgan video tarqaldi. Qayd etilişiça, holat şu kunning özida viloyat IIB tomonidan örganilib, qizlarning şaxsiga aniqlik kiritilgan.

Bolalar ombudsmanining ma’lum qilişiça, videodagi holat 30 iyun kuni yuz bergan. 21 va 19 yoşli qizlar (J.X. va T.D.) Navoiy şahridagi istirohat boğida özlariga notaniş bölgan 4 nafar voyaga yetmagan qiz (2010, 2011, 2012 yillarda tuğilgan) bilan karuselda uçiş vaqtida özaro nomunosib muomala tufayli janjallaşib qolgan. Oqibatda J.X. va T.D. qizlarni kaltaklagan.

Hozirda holat yuzasidan Navoiy şahar IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda. Ta’kidlanişiça, örganiş natijasi yuzasidan qöşimça tarzda ma’lumot beriladi.