Pokistonning Karaçi şahrida köp qavatli turar joy binosi qulab tuşişi oqibatida halok bölganlar soni 17 kişiga yetdi, deb xabar beradi Xunhua agentligi.

Davlat qutqaruv xizmati vakilining sözlariga köra, hayot alomatlarini aniqlaşga möljallangan qurilmalar vayronalar ostida qolgan kamida 10 kişi tirik ekanini körsatmoqda.
Qutqaruvçilar brigadalari sodir bölgan voqea töğrisida xabar olgan zahoti yetib kelgan, 100 dan ortiq xodim omon qolgan insonlar va halok bölganlar jasadini çiqarib oliş operatsiyasida iştirok etmoqda.

Guvohlarning ta’kidlaşiça, binoda bir neça soat davomida silkinişlar kuzatilgan, aholi esa buni zilzila deb öylagan.
Karaçi meri Murtoza Vahobning aytişiça, qulab tuşgan bino oldinroq «xavfli» deya tan olingan va u yerda istiqomat qiluvçi aholiga binodan köçiş buyurilgan.

Beş qavatli bino aholi gavjum Liari tumanida joylaşgan bölib, 4 iyul kuni qulab tuşgan. Rasmiylar holat böyiça tergov boşlagan va yaqin atrofidagi binolar ham xavfsizlik nuqtai nazaridan tekşirilmoqda.












