Mavjud geosiyosiy vaziyat va Rossiyaning Ukrainaga qarşi tört yildan beri davom etayotgan uruşi fonida Germaniyaning umumiy Yevropa xavfsizligini ta’minlaşdagi rolini oşiriş töğri qarordir. Bu fikrni Latviya prezidenti Edgars Rinkeviçs 8 iyul, seşanba kuni Rigada jurnalistlar bilan suhbatda bildirdi.

«Germaniya Yevropaning barqudrat davlati va iqtisodiy markazidir. Şuning uçun u Yevropaning mudofaa va xavfsizlik siyosatida muhimroq rol öynaşi zarur. Buni olqişlaş kerak», — deya Latviya davlat rahbarining sözlaridan iqtibos keltiradi dpa agentligi.

Germaniya amaldagi hukumatining Bundesverning qurollanişini yaxşilaş va uni an’anaviy qurollar böyiça Yevropadagi eng kuçli armiyaga aylantiriş böyiça rejalari Latviya hukumatini öylantirmayapti. «Germaniya önlab yillar davomida özining siyosatini, Ğarb qadriyatlariga tayangan holda demokratik huquqiy davlat ekanini işonçli isbotlab keldi. Şuning uçun bu meni umuman öylantirmaydi», deb tuşuntirdi Rinkeviçs jurnalistlardan birining savoliga javob berar ekan. «Men Germaniya qurolli kuçlarining rivojlanişini töliq qöllab-quvvatlayman. Bu butun Yevropa xavfsizligi manfaatlariga mos keladi», — deya ta’kidladi u.

Edgars Rinkeviçs 8 iyul kuni Rigada Germaniya prezidenti Frank-Valter Ştaynmayyer bilan uçraşadi. Ularning suhbati asosiy mavzulari Germaniya va Latviya örtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, şuningdek, Rossiya bilan çegaradoş va ayni paytda NATOning şarqiy qanotini taşkil etuvçi Boltiqböyi davlatlaridagi xavfsizlik bilan boğliq vaziyat bölişi kutilmoqda.

«Eng katta umumiy muammolar, albatta, Rossiyaning Ukrainaga qarşi tajovuzkorligi va Rossiyadan kelib çiqadigan Yevropa xavfsizligiga tahdiddir», deb tuşuntirdi Rinkeviçs. Uning fikriça, Yevropa Ittifoqining xavfsizligi, mudofaasi va raqobatbardoşligini «sezilarli» yaxşilaş kerak. «Biz buni faqat birgalikda, şu paytgaça qilganimizdan köra köproq qilişimiz mumkin», deb ta’kidladi Latviya prezidenti.