Toşkent şahrida kiberöğirlik bilan şuğullangan jinoiy guruh foş etildi, deb xabar beradi IIV Kiberxavfsizlik markazi.

Qayd etilişiça, uşbu şaxslar odamlar telefoniga virusli dastur yuklab, şaxsiy ma’lumotlar orqali bank kartalaridan pul öğirlab kelgan.

Aniqlanişiça, jinoiy guruh a’zolari turli davlat fuqarolaridir. Ular Telegramʼda maxsus guruh tuzib, faoliyat yuritgan. Xususan, uşbu şaxslar odamlarga Telegramʼdan APK fayllar yuborgan. Şu orqali fuqarolar telefonidagi SMS-kodlar, kontaktlar, qönğiroqlar tarixi va bank ma’lumotlarini qölga kiritgan.

Jinoiy guruh 177 kişining bank kartalaridan jami 1 milliard sömga yaqin pullarni noqonuniy ötkazmalar orqali özlaştirgan. Barça harakatlar Call-markaz orqali nazorat qilingan.

Hozirda jinoiy guruhning boşqa a’zolarini aniqlaş va jinoyatni töliq foş etiş böyiça suriştiruv işlari davom ettirilmoqda. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, gumonlanuvçilar protsessual tartibda uşlangan.